16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Fan va taʼlim 👁 292

USTOZGA EHTIROM VA HURMAT – ONA VATANGA, KELAJAK AVLODLARGA EHTIROMDIR

USTOZGA EHTIROM VA HURMAT – ONA VATANGA, KELAJAK AVLODLARGA EHTIROMDIR

Insoniyat paydo boʻlibdiki, hayot deb atalmish ulkan karvonga sarbonlik qilguvchi, odamlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib, mehri, ilm-u ziyosi bilan maʼnan yuksaklik sari yetaklovchi zot – ustoz dahosiga hurmat va ehtirom koʻrsatiladi. Ana shu zotning oʻgit va nasihatlariga amal qilish orqali inson orzu-umidlarini amalga oshirishga intiladi. Chunki faqat ustozlargina shaxsning kamoloti yoʻlida hamisha oʻzlarini safarbar qilib yashaydilar.

Amudaryo tumanidagi 23-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Ming ehtirom oʻgʻlingizdan, qizingizdan, ustozlar!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy musiqiy tadbirda kelajak avlodlar taʼlim-tarbiyasining jonkuyarlari – butun ongli hayotini oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishdek sharafli vazifaga bagʻishlagan fidoyi ustozlarga hurmat va ehtirom koʻrsatildi.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilorom Rahimova ochdi va uchrashuvga taklif qilingan faxriy oʻqituvchilar va maktab pedagogika jamoasini oktyabr oyidagi biri-biridan fayzli va sharafli bayramlar – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni hamda 21-oktyabr – ona tili bayramlari bilan chin dildan tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, ustozlar dunyodagi eng bebaho boylik va umrboqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, yosh avlodga bezavol yetkazish yoʻlida chinakam fidoyilik koʻrsatib kelayotgan mehridaryo ulugʻ insonlardir. Ustozlar yaratadigan ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bebaho, oʻlmas meros esa yaxshi tarbiyadir. Maktab direktorining oʻrinbosari xalqimiz uchun ustozlarga ehtirom va hurmat – ona Vatanga, kelajak avlodlarga buyuk ehtirom namunasi sifatida milliy qadriyatga aylanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tadbir davomida maktab direktori Orifjon Yusupov davrada jam boʻlgan faxriy ustozlar va maktab pedagogika jamoasiga oʻzining bayramona tabrigini izhor etib, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ilm sirlarini mukammal egallashlari yoʻlida hamjihatlik bilan amalga oshirayotgan ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng nafaqadagi ustozlar Oʻktam Matsafoyev va Habibaxon Maʼmurovalar mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, soha xodimlari va oʻquvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida soʻz yuritishib, oʻqituvchi-murabbiylar maqomi yuksalib, ularning huquq va manfaatlari qonuniy asoslarda mustahkamlanganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar. Ayniqsa, nafaqadagi faxriy oʻqituvchilarning dam olishlari, sihatgohlarda salomatliklarini mustahkamlashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar oʻqituvchi va murabbiylar hayotiga yangicha mazmun baxsh etganini alohida eʼtirof etdilar.

Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur ham namoyish etildi. “Ming ehtirom oʻgʻlingizdan, qizingizdan, ustozlar!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy va musiqiy dasturdan joy olgan ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati haqida hikoya qiluvchi sahna koʻrinishlari, ustoz va shogird oʻrtasidagi abadiy mehr-oqibat rishtalari hamda oʻqituvchi va murabbiylarni sharaflovchi kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar tadbir ishtirokchilariga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019