16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:56
Jamiyat 👁 185

Suvni tejash — kelajak avlod oldidagi katta masʼuliyatdir

Suvni tejash — kelajak avlod oldidagi katta masʼuliyatdir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimizda islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotgan muhim hujjatlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Ushbu hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki jamiyatda zamonaviy fikrlash, resurslarga masʼuliyatli munosabat va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Mazkur Farmonga muvofiq ishlab chiqilgan islohotlar dasturining 62-maqsadida respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, aholi oʻrtasida suv resurslarini tejamkorlik bilan ishlatish koʻnikmasini shakllantirish hamda xonadonlarda tomorqadan unumli foydalanishni rivojlantirish nazarda tutilgan. Shuningdek, suv resurslaridan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanishni kamaytirish, tomorqa xoʻjaligida sugʻorishning innovatsion va zamonaviy tejamkor texnologiyalarini joriy etishning afzalliklarini keng targʻib qilish, bu yoʻnalishda tajriba maydonlarini tashkil etishga koʻmaklashish kabi vazifalar ham alohida belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi boshligʻi Paraxat Turdimuratov, “Yuksalish” umummilliy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tajibay Ramanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining boʻlim boshligʻi Ruslan Aytjanov, Qoraqalpogʻiston Fermerlari Kengashi boʻlim boshligʻi Yembergen Yernazarov hamda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Mazkur muloqot Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari oʻrtasida oʻzaro fikr almashish maydonini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Yigʻilish avvalida “Yuksalish” umummilliy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tajibay Romanov “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki mavzusida maʼruza qildi.

U oʻz nutqida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Qayd etilganidek, mahallalardagi ijtimoiy faollikni oshirish, aholini dolzarb islohotlar mazmuni bilan tanishtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va davlat dasturlari ijrosiga keng jamoatchilikni jalb etishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tuzilmalari muhim oʻrin tutadi. Bu esa islohotlarning hayotga yanada samarali tatbiq etilishiga xizmat qiladi.

Shundan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi Ruslan Aytjanov “Aholi orasida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish madaniyatini shakllantirish orqali uy xoʻjaligida tomorqadan unumli foydalanishni rivojlantirish” mavzusida maʼruza qildi.

Taʼkidlanganidek, suv resurslari bugungi kunda eng muhim tabiiy boyliklardan biridir. Undan oqilona foydalanish esa nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Maʼruzada xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish, sugʻorishda zamonaviy tejamkor usullarni joriy etish, ortiqcha suv sarfining oldini olish hamda aholi oʻrtasida suvni asrash madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Qayd qilinganidek, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish orqali aholining daromad manbalarini kengaytirish, oilalarning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va yashash sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatish mumkin. Buning uchun esa aholiga amaliy tushuntirish ishlarini olib borish, namunali tajriba maydonlarini tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalashtirish va soha mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar va tashabbuslar suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish madaniyatini shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalarining oʻzaro hamkorligi yanada kuchaytirilishi lozimligini koʻrsatdi. Bunday muloqotlar aholi ongida masʼuliyatli munosabatni shakllantirish, davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshishi bilan ahamiyatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019