16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 438

Qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda barcha sohalar singari qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar asosida sohada katta oʻzgarishlar, yangilanishlar roʻy bermoqda. Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi qaror va farmonlari asosida agrar sohaga bir qancha yangi texnika va texnologiyalar joriy qilinishi natijasida soha yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarilmoqda. 29-oktyabr kuni Amudaryo tumanida tashkil etilgan seminarda qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ana shu islohotlarning mazmun-mohiyati yana bir bora eʼtirof etildi.

Qishloq xoʻjaligida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, oldinda turgan ustuvor vazifalarni muvofiqlashtirish, oʻzaro tajriba almashish maqsadi koʻzlangan mazkur seminar Toʻlqin ovulidagi “Xidirboyev Sanʼat” fermer xoʻjaligi ekin maydonida tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Daryabay Kaypov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Joʻqorgʻi Kengesning qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻmitasi boshligʻi Anvar Jumanazarov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov hamda qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika va tuman miqyosidagi masʼullar, fermerlar va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar kun tartibidan 2025-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekiladigan ekin maydonlarini shudgor qilish, lazerli tekislash, shoʻr yuvish, gʻalla parvarishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni yanada jadallashtirish kabi masalalar oʻrin oldi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev soʻzga chiqib, agrar soha rivojiga bugun eng ustuvor masalalardan biri sifatida katta eʼtibor qaratilayotgani, sohada yangi imkoniyatlar yaratilayotgani hamda ushbu imkoniyat va shart-sharoitlardan soha vakillari samarali foydalanishi lozimligi xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, seminarda tuman agrar sohasi masʼullari kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldindagi vazifalar xususida maʼlumot berdilar.

Maʼlumotlarda keltirilishicha, tumanda 2025-yilgi mavsum oldidan joriy yilning kuzida 17 ming gektar maydonni shudgorlash rejalashtirilib, unda jami 71 ta surim texnikalari qatnashishi rejalashtirilgan hamda mavjud texnikalar 18 ta surim otryadlariga biriktirilgan. Kuzgi shudgorlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida shudgorlash grafiklari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda tumandagi fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida 57ta lazerli tekislagichlar mavjud boʻlib, ushbu lazerli tekislagichlar yordamida 2024-yilda 1073 konturlarda 8 ming 70 gektar maydonlar tekislangan. Lazerli tekislangan maydonlarning 1 ming 791,4 gektariga bugʻdoy, 5 ming 138,3 gektar qismiga paxta, 1140,3 gektar qismiga esa boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari ekilib, moʻl hosil olingan.

Tumanda 2025-yil hosili uchun asosiy 4800 gektar, qoʻshimcha 970 gektar, jami 5770 gektar maydonga gʻalla ekish rejalashtirilib, amalda reja toʻliq bajarilgan. Har bir gektar maydonga 5 tonnadan jami 28 ming 850 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kungacha 832 tonna, yaʼni salkam 3 foiz maydonlarda mahalliy oʻgʻit jamgʻarish ishlari amalga oshirilgan.

Qolaversa, tumanda 2025-yil hosili uchun 19 ming 201,4 gektar ekin maydonlarining shoʻrini yuvish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 782 gektari kuchli shoʻrlangan, 4 ming 840,2 gektari oʻrtacha shoʻrlangan va 13 ming 579,2 gektari kam shoʻrlangan maydonlardir. Shoʻr yuvish tadbirlarini amalga oshirish uchun 18 ta sugʻorish otryadlari tashkil qilinib, ushbu otryadlarga 1 ming 501 nafar malakali xodimlar biriktirilgan. Ularning 220 nafari suv xoʻjaligi tashkilotlari, 1 ming 281 nafari esa fermer xoʻjaliklari ishchilaridir.

Seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar hamda koʻrsatmalar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019