16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 501

ASOSIY FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

ASOSIY FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori umumtaʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ham samarali natijalar bermoqda. Har yili oʻtkaziladigan olimpiadalar, ayniqsa, asosiy fanlar olimpiadasi, maktab oʻquvchilarining bilim va qobiliyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi bilimlar sinovi mamlakatning ilmli va ijodiy fikrlaydigan yosh avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Ayniqsa, asosiy fanlar olimpiadasi umumtaʼlim tizimidagi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada matematika, fizika, biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, chet tili va boshqa asosiy fanlar boʻyicha oʻquvchilarning bilimlarini sinash uchun tashkil etiladi.

Asosiy olimpiadalar toʻrt bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich maktablar miqyosida sentyabr oyida, ikkinchi bosqich, yaʼni tuman va shahar bosqichi oktyabr oyida, uchinchi bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida, toʻrtinchi bosqich, yaʼni respublika miqyosidagi bosqich aprel-may oylarida oʻtkaziladi.

Joriy yilning 21-oktyabr sanasidan boshlab Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida ham fanlar olimpiadasiga start berilgan edi. Mazkur tadbir tumandagi 40-, 55-, 76-sonli maktablarda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida oʻtkazildi.

Asosiy fanlar olimpiadasi tuman bosqichi gʻoliblari va faxrli oʻrinlar egalari 82-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda tantanali ravishda taqdirlandilar. Tadbirda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov nutq soʻzlab, gʻolib va faol ishtirokchilarga omadlar hamda keyingi bosqichda muvaffaqiyatlar tiladi.

Aytish joizki, olimpiadada tumandagi 86ta maktablarning 9-11-sinflarida taʼlim olayotgan 2700ga yaqin oʻquvchi ishtirok etgan edi. Ular orasidan eng bilimli oʻquvchilar asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi gʻoliblari boʻlishdi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkaziladigan uchinchi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Oʻzbek tili bayrami arafasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Iqboloy Yusufova faxrli 3-oʻrinni egallagan edi. Tadbir davomida Iqboloy Yusufovaga ham tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining diplomi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻtkazilgan olimpiada maktablardagi taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini aniqlashning mezoni sifatida ham xizmat qiladi. Qolaversa, bunday tadbirlar orqali oʻquvchilarda oʻz fanlariga boʻlgan qiziqish ortib, bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash imkoniyati yaratiladi. Endilikda gʻolib oʻquvchilar keyingi bosqichga puxta tayyorgarlik koʻrishni boshlaydilar.

Maʼlumot oʻrnida, asosiy fanlar olimpiadasining uchinchi bosqichida gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, 1-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari, 2-oʻrin sohibiga yoki sohibasiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchiga esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida mukofot puli beriladi. Toʻrtinchi bosqichda gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga esa uchinchi bosqichdagidan 2 baravar koʻp miqdorda mukofot puli beriladi. Qolaversa, Vazirlik tomonidan asosiy olimpiadaning toʻrtinchi bosqichida 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga ixtisoslik fani boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi diplom beriladi.

Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi gʻoliblariga keyingi bosqichlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019