16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:56
Fan va taʼlim 👁 524

36-sonli maktabda “Happy Kids - Schastlivie deti” nomli tadbir oʻtkazildi

36-sonli maktabda “Happy Kids - Schastlivie deti” nomli tadbir oʻtkazildi

Amudaryo tumanida joylashgan 36-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabida xorijiy tillar oʻqituvchilari va oʻquvchilar tashabbusi bilan qiziqarli va taassurotlarga boy tadbir oʻtkazildi. Tadbir “Happy Kids - Schastlivie deti” deb nomlanib, u maktabda xorijiy tillar uslub birlashmasi oʻqituvchilari tomonidan tashkil qilindi. Tadbirda rus va ingliz tili fanlari oʻqituvchilari va maktabning turli sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Vahobjon Davletov soʻzga chiqib, fan oyliklari oʻquvchilarning darslarni oʻzlashtirish darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib oʻtdi.

Darhaqiqat, fan oyliklarida har bir fan boʻyicha chuqurlashtirilgan bilimlar berilib, oʻquvchilarga yangi mavzularni oʻzlashtirish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratiladi. Fan oyliklari jarayonida amaliy mashgʻulotlar, turli tadbirlar oʻtkazilib, oʻquvchilarning bilim darajasi va qobiliyati chuqurlashtiriladi. Ayniqsa, interaktiv usullar yordamida oʻtkaziladigan darslar ularning qiziqishini orttirib, bilimlarni yodda saqlab qolish qobiliyatini osonlashtiradi.

Tadbir maktabning 4-a, 4-b, 5-, 6-, 7- va 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazildi. Mazkur sinf oʻquvchilari oʻzlarining har xil ijodiy chiqishlari, raqslari va sheʼrlari bilan xorijiy tillarni qanchalik chuqur oʻrganganliklarini tomoshabinlar va ota-onalariga namoyish qilishdi.

Aytish joizki, xorijiy tillarni oʻrganishda turli tadbirlar va badiiy kechalar ham katta ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar orqali oʻquvchilar tilni nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyotda ham qoʻllash imkoniga ega boʻladilar. Xorijiy tildagi kechalar va tadbirlar oʻquvchilarda tilni oʻrganishga boʻlgan qiziqishni oshiradi, oʻzga xalqlarning madaniyati, urf-odat va anʼanalari bilan tanishish imkonini beradi. Ular turli xil oʻyinlar, sheʼrlar va sahna koʻrinishlari orqali oʻz bilimini mustahkamlab, tegishli xorijiy tilni puxta oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Qolaversa, bunday tadbirlar oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga va jamoada ishlash koʻnikmasini shakllantirishga ham yordam beradi.

Tadbir maktabning uslub birlashmasi rahbari Zamira Otajanova, rus tili oʻqituvchilari Nasiba Ahmedova, Raʼno Ahmedova, Nodira Soliyeva, Muhabbat Tursunboyeva, Yulduz Yusupova, ingliz tili oʻqituvchilari Xosiyat Rajapova, Rayhon Oʻrazboyeva, Dildor Xalmenova,  Dilnura Boboniyazova, Nilufar Shomuradovalar tomonidan tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi — oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorlash orqali yorugʻ kelajagiga zamin yaratishdir.

Tadbirda oʻquvchilar nafaqat bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi, balki oʻzaro muloqotga kirishib, jamoada ishlash koʻnikmasini ham oshirdilar. Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan chiqishlar, ularning ijodiy qobiliyatini namoyon etuvchi raqslar va sheʼrlar ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirib, maktabda madaniy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga hissa qoʻshdi.

Tadbir oxirida faol va ijodkor oʻquvchilarga minnatdorlik bildirildi. Bu kabi tadbirlar orqali nafaqat tadbir ishtirokchilari, balki tomoshabinlarda ham xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqish va ishtiyoq oshdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026