16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Jamiyat 👁 402

FIDOYILIKNING MUKOFOTI

FIDOYILIKNING MUKOFOTI

Atrofga boqsangiz, turli xulq-atvor sohiblari koʻp, shu bilan birga, turfa kasb kasb egalari ham. Ular bilan muomala qilish asnosida kasbiy faoliyatlari bilan xulq-atvorlarining naqadar mutanosibligidan hayratlanasiz. Muloyim va mehribon shifokorlar, oʻta eʼtiborli oʻqituvchi-murabbiylar sinchkov, har bir detalga qiziquvchan quruvchi va muhandislar-u jurnalistlardan farqli oʻlaroq umrini haydovchilik kasbiga bagʻishlagan insonlar, nazarimda boshqalarga nisbatan hayotni yaxshi biladigandek.

Nega, deysizmi? Chunki shu kasb egalari kundalik ish jarayonlarida koʻplab odamlar bilan uchrashib, muloqotda boʻladilar. Suhbatdoshlarini tinglash asnosida ularning feʼl-atvorini, hatto hayot tarzini ham maʼlum maʼnoda bilib oladilar, biri-biriga oʻxshamaydigan, turfa feʼlli odamlar esa goh soʻzini anglab, gohida anglamay aytayotgan gaplari bilan haydovchilar uchun oʻzi haqidagi maʼlumotlarni berib qoʻyganlarini hatto bilishmaydi ham.

Agar taʼbir joiz boʻlsa, Qurbonboy Davlatmurodov oʻzining oddiy haydovchigina emas, yuzlab, balki minglab insonlarning dard-u tashvishlariga, quvonchlariga oshna boʻlish bilan birga, odamlar feʼl-atvorini “oʻqib olish”, tegishli xulosalar chiqarish xususiyatiga ega insonlardan. Shundanmi, uni tanigan-bilganlar: “odamlarni tanish va hayotni bilishda professor boʻlib ketgan” deya eʼtirof etishadi.

Hayotining 30-yildan ortiq davrini oddiy haydovchilik kasbiga bagʻishlagan Qurbonboy Davlatmurodov to nafaqaga chiqquniga qadar, 7-yil davomida Amudaryo tumani yoʻl qurilishi idorasida, 1993-yildan 2016-yillar oraligʻida esa Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimida faoliyat yuritdi. Kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, kechasi-yu kunduzi, baʼzan yarim tunlari, tongotar paytlari soha xodimlari bilan bab-baravar el-yurt osoyishtaligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Tezkor chaqiriqlar, tezkor qidiruv-surishtiruv operatsiyalarida Ichki ishlar boʻlimi xodimlariga yaqin koʻmakdosh boʻldi.

Ish soatlari qachon boshlanib, qachon tugashini oʻzlari ham bilmaydigan Ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan bilan hamkorlikda koʻplab jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ovul va mahallalarda baʼzan oilaviy nizolar, qoʻni-qoʻshnilar, mahalladoshlar oʻrtasida arzimagan sabablarga koʻra kelib chiqqan janjallarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlarda shunchaki ishtirok etmadi, balki haqiqatning yuzaga chiqarilishida kuniga 15-20 soatlab, betinim mehnat qildi.

Faoliyatida shunday kunlar ham boʻlardiki, tumanning olis Nazarxon ovulida yuz bergan noxush bir hodisa tafsilotlari boʻyicha oʻrganishlar olib borgan tezkor surishtiruv guruhi aʼzolariga, kunning qaysi vaqtida boʻlishidan qatʼiy nazar, yana topshiriq berilardi. Bu gal yo tumanning Qilichboy, yo Oq oltin, Boʻz yop kabi mavzelaridan tushgan chaqiruv boʻyicha yoʻlga chiqish zarurati tugʻilardi.

Qurbonboy Davlatmurodov yana osoyishtalik posbonlari bilan birgalikda rulga oʻtirib, oʻz postida koʻrsatilgan manzillar tomon otlanardi. Soha xodimlari bilan birgalikda tushligi ham, baʼzan kechki tamaddisini ham mashina kabinasida oʻtkazish esa odatiy hol edi. Hatto ayrim qiyin vaziyatlarda mashina kabinasi Qurbonboy uchun birozgina “qush uyqusi” qilib olish vazifasini ham oʻtagan paytlar koʻp boʻldi, Ichki ishlar sohasi xodimlarining bunday beorom kechgan ish faoliyatlarini bilganlar “it yotish, mirza turish” qabilidagi iboraga nisbat qilsalar, bilmaganlar “ularga maza, hamma qoʻrqadi”, —deya sayoz fikrlashadi.

– Ichki ishlar xodimidan aslida kim qoʻrqadi? Oʻziga ishonmaydigan, ish faoliyatida yoki xulq-atvorida biron ishkali borlar qoʻrqadi, huquqiy savodli, madaniyatli odamlar uchun, agar bilsalar, Ichki ishlar xodimlari chinakam doʻst va qadrdon, – deydi Qurbonboy Davlatmurodov. – Men soha xodimlari bilan 24-yil davomida birga ishlashib, shuni bilamanki, oʻtayotgan kunimizning har bir soatida ulardek beorom yashab, mehnat qiladigan kasb fidoyilari yoʻq.

Ana shunday fidoyi lahzalar Qurbonboy Davlatmurodovga ham xos. U to nafaqaga chiqquniga qadar beorom mehnat faoliyati bilan band boʻldi, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi qoshidagi Markaziy poliklinikada hamshira boʻlib ishlagan, ayni paytda nevaralari davrasida keksalik gashtini surayotgan umr yoʻldoshi Gavharxonim “hech boʻlmasa kechki ovqatga uyga kelar”, degan niyatda Qurbonboyni dasturxon boshida uzoq kutib-kutib, oxiri farzandlari bilan birga tamaddi qilardi. Baʼzan yarim tunlari, baʼzan tongga yaqin horib-tolib kelgan umr yoʻldoshini Gavharxon saldan keyin yana shoshilinch chaqiruv sabab yana ishga kuzatib qolaverardi. Oʻh-hoʻ, 24-yil davomida necha yuz martalab tushligi-yu kechki ovqati mashina kabinasida oʻtgan, baʼzan shunchaki oddiy suv ichib, non kavshab rul boshqargan, ayoli tayyorlagan ovqatini ilitma tamaddi qilgan Qurbonboy haydovchi biron marta oʻz kasbiy faoliyatidan noligan emas. Aksincha, el-yurt osoyishtaligi yoʻlidagi saʼy harakatlarda oʻzining ham ishtiroki borligidan mamnunligini yashirmaydi.

– Shu sohaning tuz-namagi bilan farzandlarimni halol, mehnatkash qilib tarbiyaladim, hammalari hayotdan oʻz oʻrinlarini topishdi, – deydi u kamtarlik bilan. Xalqimiz bekorga “ot izini toy bosar”, “otadan koʻrgan toʻn bichar”, qabilidagi hikmatlarni yaratmagan.

Bugungi kunda Qurbonboy Davlatmurodovning bir qizi uch nafar oʻgʻli ota-onasiga, el-yurtga kamarbasta insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Ayni paytda qizi baxtli oila bekasi, ikki oʻgʻli esa otasi ishlagan sohani tanlashgan. 7-yildirki, katta oʻgʻli Milliy gvardiya safida xizmat qilib. jamiyat osoyishtaligiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Ikkinchi oʻgʻli esa Oʻrta Osiyo Xalqaro nodavlat Universitetida sirtdan tahsil olish bilan birga Milliy gvardiya tarkibida namunali faoliyat yuritmoqda. Uchinchi oʻgʻli hozirgi paytda metan gaz quyish shoxobchasi operatori, uning ham orzusi kelajakda ichki ishlar tizimida ishlash, xalq osoyishtaligi yoʻlida munosib xizmat qilish.

Qurbonboy Davlatmurodov 2016-yilda nafaqaga chiqdi. Koʻpincha ayrim yuqori malakaga ega kasb egalarining hayotiy va kasbiy tajribalaridan samarali foydalanish maqsadida “bu nafaqada-ku” deyishmaydi, balki uning tajribalaridan maqsadli foydalanish choralari koʻriladi. Qurbonboy Davlatmurodovni bilganlar ana shu yoʻsinda ish tutishdi va Amudaryo tuman Xalq qabulxonasiga haydovchi sifatida ishlashga taklif qilishdi. Halol va oʻz kasbiga fidoyi boʻlgan Qurbonboy Davlatmurodovning el-yurt oldidagi samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan birgalikda 25-oktyabr – Ichki ishlar xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan katta serjant Qurbonboy Davlatmurodovning quvonchiga oshna boʻlib, uzoq yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan yuksak eʼtirof etilgani bilan muborakbod etdik. Zero, el-u yurt uchun qilingan mehnatning ham, insonning ham qadri doimo balanddir. Qadr-u qimmatingiz hamisha baland boʻlsin, Qurbonboy ogʻa!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019