16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Salomatlik 👁 527

72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda

72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda

Xizr eli va beshovul mahallalari ahli sogʻlom turmush tarziga juda eʼtiborli. Bunga biz ijodiy jamoamiz bilan mazkur mahallalar ahlining turmush tarzi bilan tanishganimizda yaqqol guvoh boʻldik. Ozoda va koʻkalamzor koʻchalar, fasad qismlaridan tortib, ichkari uy va hovlilargacha obodon, fayzli xonadonlar, hosillari yigʻishtirib olingan tomorqalarda amalga oshirilayotgan kuzgi-qishki yumushlar, hatto aholining toʻylar boshlayotganidan bizning ham kayfiyatimiz koʻtarildi. Aytishadi-ku, tinchlik, salomatlik, farovonlik bor joyda xursandchilik boʻladi, deb. Nazarimizda Beshovul va Xizr elida bularning barchasi bor, muhimi, mazkur mahallalar ahlining salomatligi doimiy shifokorlar nazoratida.

Aholining reproduktiv salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish, fertil yoshidagi, shuningdek, nogironligi boʻlgan va keksa yoshdagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatishni zamon talablari darajasida amalga oshirishda hududdagi 72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga bagʻishlangan tibbiy suhbatlar oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

Mazkur tibbiy muassasa xizmat hududidagi 1412 ta xonadon va ushbu xonadonlarda istiqomat qiluvchi 7750 nafar aholining yoshi, kasbiy faoliyati, sogʻligi boʻyicha masʼul shifokorlar tomonidan roʻyxat shakllantirilgan boʻlib, ushbu roʻyxatga muvofiq aholining jinsi, yoshi, tibbiy xizmatga zarurati boʻyicha ish yuritiladi. Erkin Rajabov rahbarligida faoliyat olib boruvchi 72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida ayni paytda 6 nafar yuqori malakali shifokor va 34 nafar tibbiy xodimlar Beshovul va Xizr eli mahallalari aholisi salomatligini muhofaza qilishdek masʼuliyat hissi bilan mehnat qilishadi.

1 yoshgacha boʻlgan 174 nafar, 14 yoshgacha boʻlgan 2378 nafar bolajonlarning salomatligi shifokorlarning doimiy nazoratida. Fertil yoshidagi 1984 nafar ayollar salomatligini mustahkamlash, ular bilan yakkama-yakka suhbatlar oʻtkazish, ayniqsa, homilador ayollarning sogʻligini doimiy nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli erta homiladorlikning oldi olinib, chaqaloqlarning sogʻlom, nuqsonsiz tugʻilishiga erishilmoqda,

Shuningdek, 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni mavsumiy va oʻtkir respirator kasalliklarga qarshi emlash chora-tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois, soʻnggi yillarda hududda bolalar orasida turli yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalinish holatlari keskin kamaydi.

Muassasa shifokorlari tomonidan 40 yoshdan 100 yoshgacha boʻlgan 2173 nafar fuqaroga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha ham alohida roʻyxat shakllantirilgan boʻlib, tibbiy xodimlar uyma-uy kirib borgan holda har bir fuqaroning sogʻligi yuzasidan shikoyatlarini tinglash orqali, agar haqiqatdan ham davolanishi zarur boʻlsa, bemorlarning tibbiy muolaja olishlariga yaqindan yordam berishmoqda.

Ayniqsa, 100 yosh atrofidagi va 100 yoshdan oshgan va nogironligi boʻlgan fuqarolarning yaxshi dam olishlari va oʻz salomatliklariga eʼtiborli boʻlishlarini taʼminlashga qaratilgan tibbiy targʻibot va tashviqot tadbirlari tufayli hududda aynan shu toifadagi fuqarolar safi va uzoq umr koʻrish darajasi yil sayin oshib bormoqda. Ayni paytda nafaqadagi fuqarolar 705 nafardan ziyod boʻlib ularning asosiy qismi 70 va undan yuqori yoshdagi fuqarolardir.

Muassasa xizmat hududida istiqomat qiluvchi bir nafar 100 yoshdan oshgan fuqaroning bardam va tetikligidan ayonki, mazkur tibbiy muassasa shifokorlarining xalq bilan hamkor-u birdamligi, hududda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida amalga oshirayotgan saʼy-harakatlari haqiqatdan ham eʼtiborga munosib.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, 72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari nafaqat oʻz xizmat hududi aholisining salomatligini muhofaza qilish, balki obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarining inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, ijtimoiy faollikni oshirishdagi ahamiyati yuzasidan ham targʻibot-tashviqot tadbirlarini olib borishadi.

Natija esa kutilganidan ham ziyoda. Guvoh boʻlganimizdek, Beshovul va Xizr eli mahallalari hududi kun sayin obodon va koʻkalamzor goʻshaga aylanib bormoqda. Zero, obod va farovon goʻshalarda istiqomat qiluvchi insonlar nafaqat jismonan, balki maʼnan ham sogʻlom, ijtimoiy faol boʻladilar. 72-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar buning yaqqol dalilidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019