16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Qishloq xoʻjaligi 👁 404

Amudaryoliklar tomorqalaridan samarali foydalanib, yuqori daromad olishmoqda

Amudaryoliklar tomorqalaridan samarali foydalanib, yuqori daromad olishmoqda

Amudaryoliklar azaldan mehnatsevar xalq, yerga mehri baland. Bugun qishning izgʻirinli kunlarida ham yurtdoshlarimiz tomorqalaridan unumli foydalanib, ixcham issiqxonalar tashkil qilishgan, issiqxonalarda turli koʻkatlar hamda sabzavot mahsulotlarini yetishtirib, ichki bozorlarimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab kelishmoqda.

Xususan, Qilichboy ovuli hududida yashovchi Qoʻchqorboy Nurimov 25 sotix tomorqasining 5 sotixiga ixcham issiqxona tashkil etib, yiliga 2-3 marotaba hosil olib kelmoqda. Tomorqaning 10 sotix maydonida yaratilgan intensiv bogʻdagi turli mevali daraxtlardan ham yaxshi hosil olinmoqda. Qoʻchqorboy aka ayni paytda issiqxonasida koʻk piyoz va koʻkatlar yetishtirmoqda, bahor faslining boshlarida esa, bodring va pomidor ekishni rejalashtirmoqda.

Oilaviy mehnat natijasida tomorqadan yuqori daromad olinib, oilaning iqtisodi tobora yaxshilanmoqda. Qoʻchqorboy akaning mehnatlari tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan ragʻbatlantirilib, doimiy qoʻllab-quvvatlanib kelinmoqda. Hamyurtimizning fidokorana mehnatlari eʼtirof etilib, “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, bugungi kunda butun mamlakatimiz boʻylab hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib, keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda chekka hududlardagi aholining tomorqalaridan samarali foydalanishiga, ixcham issiqxonalar tashkil etilishi orqali aholi daromadini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mamlakat aholisiga sifatli va kafolatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mazkur sohada band boʻlgan aholi daromadlarini oshirishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish kabi ustuvor maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida yashovchi Erkin Qoʻshayev ham mehnatsevarlikni oʻzining hayotiy shiori qilib olgan insonlardan biri desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Erkin aka xonadoniga tashrif buyurgan har bir mehmonning juda katta havas va unutilmas taassurotlar bilan qaytishi, shubhasiz.

Biz ham ijodiy jamoamiz bilan “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni sohibining tomorqasi bilan tanishar ekanmiz, juda katta mehnat va oʻz ustida ishlash orqali erishilgan natijalarni koʻrib hayratda qoldik. Xonadonning oʻzgacha fayzi uning egalarining ochiqkoʻngilligidan, samimiyligidan ekaniga ishonch hosil qildik. Uy oldidagi 10 yillik tarixga ega haybatli archa daraxtlari hovliga koʻrk bagʻishlab turibdi.

Erkin aka tomorqasida limon, qulupnay, arab xurmosi kabi mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan boʻlib, 30 sotix ekin maydonining 2 sotixida ixcham issiqxona tashkil etgan va unda yetishtirilayotgan limondan bu yil ikkinchi marotaba hosil olmoqda. Tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan limon koʻchatlarini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish borasida tegishli tavsiyalar hamda amaliy yordamlar berilib kelinmoqda.

Shuningdek, tomorqada erta bahordan sabzavot va poliz ekinlarini ekishga yerlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Tomorqachi oʻzi yetishtirgan kartoshka, piyoz, karam, qovun, tarvuz kabi mahsulotlarni nafaqat tumanimiz ichki bozorlariga, balki qoʻshni tumanlar bozorlariga ham yetkazib, ularni ham sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda. Yerdan olinadigan daromad ham yil sayin ortib bormoqda. Tomorqada yetishtirilgan hosildan yiliga 100 mln soʻmga yaqin daromad olinishi tinimsiz va samarali mehnat natijasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026