16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:20
Fan va taʼlim 👁 323

“Oltin davr”ning boshogʻriq damlari

“Oltin davr”ning boshogʻriq damlari

Ayni kunlarda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida oʻtgan semestr yakunlari boʻyicha imtihonlar oʻtkazilmoqda. Bu jarayon talabalarning bilimi va mehnatining sarhisobi boʻlib, ularning akademik muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Afsuski, ana shunday muhim paytlarda ayrim talabalar moliyaviy qiyinchilik sababli imtihonlarga kiritilmayotgani yoki boshqa turli bosimlarga duch kelayotganiga oid shikoyatlar ham uchrab turadi. Bu holatlar nafaqat talabaning bilim olish huquqini buzadi, balki oliy taʼlim tizimidagi adolat tamoyillariga ham ziddir.

Oʻzbekiston qonunchiligida talabaning oʻquv jarayonida ishtirok etishi va imtihon topshirish huquqi aniq belgilangan. Qonunga koʻra, kontrakt summasini oʻz vaqtida toʻlamaslik talabaning imtihonlardan chetlatilishiga asos boʻlolmaydi. Kontrakt shartnomasi bu – ­moliyaviy majburiyat, lekin taʼlim olish huquqi bundan mustaqil holda kafolatlanadi.

Agar talaba kontrakt summasini umuman toʻlamasa yoki shartnoma shartlarini buzsa, taʼlim muassasasi uni oʻqishdan chetlatishi mumkin. Ammo bu jarayon ham belgilangan tartib va talabaning huquqlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.

Shuningdek, talabaning darslarda qatnashishini cheklash, fanlardan ataylab yiqitish yoki “NB” qoʻyib qoʻyish kabi harakatlar mutlaqo gʻayriqonuniydir. Bu kabi holatlar ishonib berilgan vakolatdan qonunga zid foydalanish sifatida koʻrilishi mumkin.

Koʻpincha oliy taʼlim muassasalari rahbariyati moliyaviy masalalarni hal qilish maqsadida talabalarni turli yoʻllar bilan bosim ostida qoldiradi. Masalan, kontraktni toʻlamagan talabalarga imtihonlarga kiritmaslik haqidagi ogohlantirishlar beriladi yoki ular darslardan chetlashtiriladi. Bu esa talabaning bilim olishga boʻlgan motivatsiyasini pasaytiradi va taʼlim jarayonini izdan chiqaradi.

Bu muammo, asosan, moliyaviy qiyinchiliklar va taʼlim tizimining talabalar ehtiyojlariga moslashuvchan boʻlmaganidan kelib chiqadi. Ayrim taʼlim muassasalari oʻz moliyaviy manfaatlarini ustun qoʻyib, talaba huquqlarini eʼtibordan chetda qoldiradi. Shuningdek, talabalar ham koʻp hollarda oʻz huquqlarini bilmaydi yoki ulardan foydalanishga jurʼat etmaydi.

Muammoning yechimi ikki tomonlama yondashuvni talab qiladi. Talabalar oʻz huquqlarini bilib, ularni himoya qilishda faol boʻlishlari, oliy taʼlim muassasalari esa talabalar manfaatlarini inobatga olgan holda harakat qilishlari lozim. 

Talabalar oʻz huquqlarini bilishlari muhim. Agar imtihonlardan chetlatilgan boʻlsangiz yoki boshqa noqonuniy bosimga uchrasangiz, birinchi navbatda oliy taʼlim muassasasi rahbariyatiga yozma murojaat qiling. Agar bu murojaatlar natija bermasa, adliya organlariga murojaat qilishni unutmang. Shuningdek, kontrakt toʻlovlarini imkon qadar oʻz vaqtida amalga oshirishga harakat qiling. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, tegishli tashkilotlar tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan talabalar uchun qoʻshimcha yordam dasturlarini ishlab chiqish, ularga moliyaviy yordam yoki taʼlim kreditlari kabi qulayliklarni taqdim etish lozim. 

Davlat va nazorat organlari taʼlim muassasalarining noqonuniy harakatlarini nazorat qilish va bartaraf etish mexanizmlarini kuchaytirishi kerak. Bunda talabalar murojaatlarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish tizimini joriy etish va ularga adolatli yechim topish zarur. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida shaffof va adolatli tizimni yoʻlga qoʻyish uchun doimiy monitoring va tahlillar olib borilishi kerak. 

Bugungi kunda taʼlim olish har qachongidan ham muhim. Talabalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash esa nafaqat oliy taʼlim muassasalarining vazifasi, balki jamiyatning burchidir.

Moliyaviy qiyinchilik sababli biror bir talabaning taqdirini oʻzgartirib qoʻyish, uning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatishga hech kim haqli emas. Har bir talaba oʻz bilim va mehnati bilan adolatga erishishi mumkin va bu yoʻlda qonun unga koʻmakdosh boʻlishi shart.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026