16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:51
Jamiyat 👁 565

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugungi shiddatli zamon, dunyoda sodir boʻlayotgan turli vaziyatlar bizga tinchlikning, xotirjamlik tuygʻusining naqadar bebaho ekanini anglatmoqda. Jamiyatdagi ana shu tinchlik va osoyishtalikni saqlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hissasi katta. Ularning sergakligi, tinimsiz saʼy-harakatlari natijasida qanchadan-qancha koʻngilsizliklarning oldi olinadi. Bilib-bilmay jinoyat koʻchasiga kirib qolganlar oʻz jazosini oladi, ularning aksariyati esa toʻgʻri yoʻlga qaytadi.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yigʻilishida ham hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yil uchun moʻljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, huquqni muhofaza qiluvchi organlari masʼullari va fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida 2024-yilda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Tuman Prokurori – Muvofiqlashtiruvchi Kengashi raisi Bahrom Masharipov oʻz maʼruzasida 2024-yilda qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan 100dan ortiq nazorat tadbirlarida 1 ming 969ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, 439ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilganini, kelib tushgan jami 923ta murojaatlarning 700dan ortigʻi bevosita prokuraturada koʻrilganligi, oʻtkazilgan sayyor qabullarda 481dan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining muammolari tinglanganligini hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 400dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilganligini maʼlum qildi.

Prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlarining kelib chiqishiga, asosan idora va tashkilotlar rahbarlari, masʼul shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bilmasligi, kasbiga sadoqat ruhi shakllanmagani, ishlar toʻgʻri tashkil etilmagani, sohadagi tizimli xato va kamchiliklarni, mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida shaxsiy tashabbus yoʻqligi sabab qilib koʻrsatildi. Bundan tashqari, xizmat vazifasiga yuzaki va masʼuliyatsizlik bilan qarab, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi lozimligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha masʼullarning tushuntirishlari va hisobotlari tinglandi.

Yigʻilish soʻngida Kengash Qarori bilan, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ham keng tushuntirishlar berildi. “Mahalla yettiliklari”ga mazkur Qaror talablaridan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Amudaryo tuman Prokuraturasi

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026