16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:01
Qishloq xoʻjaligi 👁 90

Paxtachilikda hal qiluvchi palla: “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida seminar oʻtkazildi

Paxtachilikda hal qiluvchi palla: “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida seminar oʻtkazildi

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan paxtachilikda ayni kunlarda eng masʼuliyatli va hal qiluvchi palla davom etmoqda. Hosil taqdirini belgilovchi ushbu muhim davrda yurtimiz boʻylab “Paxtachilikda dolzarb 30 kun” oyligi uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri tashabbusi bilan joriy yilning iyul-avgust oylari mobaynida birinchi navbatda amalga oshiriladigan tizimli agrotexnik tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, u dala mehnatkashlari uchun oʻziga xos yoʻl xaritasi vazifasini bajarmoqda. Ayni jazirama yoz faslida, gʻoʻza rivojining eng muhim pallasida amalga oshiriladigan ushbu agrotexnik tadbirlar kelgusi hosil taqdirini hal qiluvchi asosiy omildir.

Mazkur ilmiy asoslangan kechiktirib boʻlmas agrotexnik tadbirlar shunchaki qogʻozdagi koʻrsatmalar emas, balki koʻp yillik tajriba va ilm-fan yutuqlariga tayangan muhim amaliy qoʻllanmadir. Asosiy maqsad – gʻoʻza rivojini jadallashtirish, zararkunandalarga qarshi tizimli kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda oziqlantirish ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Albatta, har qanday puxta ishlangan dastur bevosita dalaning oʻzida, dehqonning qoʻli bilan amaliyotga joriy etilgandagina kutilgan natijani beradi. Aynan mana shu maqsadni koʻzlagan holda, joylarda koʻrgazmali dala seminarlari, oʻquv-amaliy mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq xoʻjaligida ulkan salohiyatga ega boʻlgan hududlaridan biri – Amudaryo tumanida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Doʻrman ovuli hududida faoliyat yuritayotgan “Kamoladdin Bekniyoz” fermer xoʻjaligining 12 gektarlik paxta maydonida ushbu dolzar masalalarga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar tashkil qilindi. Mazkur tadbir shunchaki yigʻilish emas, balki haqiqiy tajriba almashish, ilm va amaliyotni birlashtirish maydoniga aylandi. Dalaning oʻzida oʻtgan ushbu muloqotga hududdagi paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari, shuningdek, tajribali agronomlar jalb etildi. “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida belgilangan barcha muhim agrotexnik tadbirlarning tub mohiyati, ularning hosildorlikni oshirishdagi oʻrni va ahamiyati bevosita yer egalariga, dala mehnatkashlariga batafsil tushuntirib berildi.

Seminarda Paxtachilik kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlariga biriktirilgan vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetuk olimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazining malakali xodimlari ham ishtirok etishdi. Seminarda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tumanda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha daxldor tashkilotlarning rahbarlari va fermerlarga paxtadan moʻl hosil olish maqsadida iyul-avgust oylarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor masalalar boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berdi.

Mutaxassislarning yoʻriqnomalari, olimlarning tavsiyalari va dehqonlarning koʻp yillik hayotiy tajribasi bir joyda uygʻunlashgan bunday koʻrgazmali tadbirlar shubhasiz kelgusida oʻz mevasini beradi. Mavsumning har bir kunini gʻanimat bilib, erta tongdon to qorongʻugacha dalada ter toʻkayotgan dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati tez orada yuksak xirmonlarda oʻz aksini topadi. Zero, bugun dalada toʻgʻri va oʻz vaqtida qilingan har bir agrotexnik harakat – ertangi moʻl hosil, farovonlik va iqtisodiy barqarorlikning mustahkam kafolatidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019