16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Salomatlik 👁 801

Tumanimizda yana bir xususiy tibbiy klinika ish boshladi

Tumanimizda yana bir xususiy tibbiy klinika ish boshladi

Tibbiyot inson salomatligini asrashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Shu bois mazkur sohani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tibbiy muassasalar tashkil etish nafaqat aholiga qulaylik yaratadi, balki xalqimizning umumiy salomatlik darajasini oshirishda ham muhim rol oʻynaydi.

Amudaryo tumanining Chordara mahallasida yangidan ish boshlagan “Faxriddin klinikasi” nomli xususiy tibbiyot muassasasi maʼmuriyati ham aholiga yuqori sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlarni taqdim etishni bosh maqsad qilib qoʻygan. Klinikada malakali mutaxassislar jamoasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar orqali aholiga maqbul narxlarda namunali tibbiy xizmatlarni koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

25-yanvar kuni mazkur muassasaning ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari Faxriddin Yusupov, Nodirbek Kamolov, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, tibbiyot sohasi mutasaddilari, mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov soʻzga chiqib, mazkur muassasaning faoliyati tumanimiz tibbiyoti rivoji yoʻlida muhim ahamiyatga ega ekanligini, klinika nafaqat zamonaviy tibbiy texnologiyalar, balki malakali mutaxassislar orqali aholi salomatligini yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidladi. Shuningdek, klinika rahbari Faxriddin Ibodullayevning tibbiyot sohasidagi koʻp yillik tajribasini eʼtirof etib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlarga tilakdoshlik bildirdi.

Shuningdek, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov oʻz soʻzida yangi klinikaning, aholi, ayniqsa keksalar uchun ahamiyatini eʼtirof etib, yaratilgan qulay sharoitlar va zamonaviy tibbiy texnologiyalar keksalarning sogʻligini tiklash va hayot sifatini, davomiyligini oshirishga yordam berishini alohida taʼkidladi.

Klinika muassisi Faxriddin Ibodullayev tashrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirkorlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar xususiy tibbiy muassasalarning rivojida muhim omil boʻlayotganini taʼkidladi. Qayd etilganidek, mazkur muassasaning bosh maqsadi aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish orqali ularning sogʻlom hayotga qaytishlariga yordam berishdan iborat.

“Faxriddin klinikasi”da yurak-qon tomir kasalliklarini diagnostika qilish va davolashga ixtisoslashgan kardiologiya, asab tizimi muammolarini aniqlash va bartaraf etishga ixtisoslashgan nevrologiya, endokrin tizimi kasalliklari davolanuvchi endokrinologiya, shuningdek, davolash va reabilitatsiya jarayonlarida zamonaviy usullarni qoʻllaniladigan fizioterapiya kabi boʻlimlar mavjud.

Klinikada statsionar tartibda davolanish imkoniyati yaratilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 35 nafar bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Shuningdek, kunduzgi statsionar va ambulator xizmatlar ham mavjud.

Tibbiyot muassasasi ilgʻor tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, ultratovush tashxisi, elektrokardiograf uskunalari, bir qator fizioterapiya uskunalari, bel churralarini davolash uchun maxsus moslamalar hamda reabilitatsiya jarayonlari uchun nebulayzer va boshqa uskuna va qurilmalar mavjud. Barcha jihozlar bemorlarga kasalliklarni aniqlash, davolash va sogʻlom hayotga qaytarishda koʻmak beradi.

Klinika muassisi, kardiolog Faxriddin Ibodullayev, tibbiyot sohasida 20-yildan ortiq tajribaga ega. U Toshkent Tibbiyot akademiyasining Urganch filialida tahsil olgan boʻlib, soʻngra kardiologiya va nevrologiya boʻyicha malaka oshirgan.

Klinikada hozircha 10 nafar malakali xodim ishlamoqda. Shifokorlar orasida koʻp yillik tajriba va chuqur bilimga ega boʻlgan kardiolog, nevropatolog, endokrinolog hamda boshqa tor doiradagi malakali mutaxassislar bor. Yangi tibbiy muassasa va undagi zamonaviy texnologiyalar hamda taklif etilayotgan xizmatlar nafaqat kasalliklarni davolash, balki ularni erta tashxislash va oldini olish, shu orqali aholining salomatligini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026