16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Iqtisodiyot 👁 586

Pensiya taʼminoti: islohotlar, raqamlar, tahlil

Pensiya taʼminoti: islohotlar, raqamlar, tahlil

Pensiya haqida gap ketganida sodda va samimiy xalqimizning ajib odatlari esingga tushadi... Dunyoning allaqaysi burchagida davlatdan qarilik nafaqasi olayotgan nafaqaxoʻrdan pullarini nimaga sarflayotgani haqida soʻralsa, oʻziga shaxsiy nimadir xarid qilishi, sayohatga borishi, umuman, nafaqasini oʻzi uchun yoʻnaltirayotganini aytishi mumkin. Bizning bolaparvar, nur yuzli keksalarimizning koʻpchiligi esa nafaqa pulidan shirindan-shakar nevaralariga ham “ulush” berishi hech kimga sir emas. Ha, nuroniylarimiz doimo uyim, oilam, farzandlarim, deya yashaydi. Har neʼmatni birgalikda baham koʻradi.

Soʻngi yillarda keksalarimizga boʻlgan eʼtibor, ularning moddiy taʼminoti, jamiyat hayotidagi ishtirokiga alohida urgʻu berilib, pensiya tizimi ham isloh qilindi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2023-yil 1-noyabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʻshimcha ravishda ularning xohishiga koʻra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ariza berish huquqi berildi.

Shuningdek, hujjatga koʻra, 2025-yil 1-martdan boshlab, fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga toʻlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda, proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Amudaryo tumanida ham bu sohada qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mohiyati va ijrosiga soha xodimlari tomonidan alohida masʼuliyat bilan yondashilmoqda. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimida bugungi kunda 8 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ular oʻz ish faoliyati davomida sohaga oid yangiliklar, qabul qilinayotgan Qarorlar ijrosi, mazmun-mohiyati, shuningdek, pensiya masalasida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar muhokamasi hamda galdagi vazifalar yuzasidan oʻzaro tez-tez suhbatlar olib boradilar. Bu esa, ishlarning oʻz vaqtida, tizimli olib borilishiga zamin yaratadi.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra tumanimizdagi pensionerlar soni 24 ming 601 nafarni tashkil qiladi. Ularga har oyda 30,8 mlrd soʻm toʻlanib kelinmoqda. Shundan, 18 ming 771 nafariga bank plastik kartalari orqali, 5 ming 830 nafariga esa naqd pul koʻrinishida pensiya oʻz vaqtida toʻlab kelinmoqda.

Maʼlumki, ayrim oilalarning moddiy holati yaxshilanishida oila byudjetiga har oy kirayotgan tushumlar bilan bir qatorda davlatimiz tomonidan berilayotgan pensiya taʼminotining ham oʻz oʻrni bor. Baʼzi keksalarimiz yoki nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz pensiyasi yoki nafaqasi hisobidan sogʻligʻini tiklashi, sanatoriylarga borishi yoki oʻzi uchun zarur boʻlgan vositani xarid qilishi mumkin. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda yoshga doir pensiya oluvchi 20 ming 266 nafar amudaryoliklar ham davlatimizning ijtimoiy taʼminotga qaratayotgan eʼtiboridan mamnun.

Xabaringiz bor, fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olish va korruptsiyani yuzaga keltiruvchi holatlarga barham berish, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarning daromadlarini oshirish, ularning mehnatini munosib baholash, shuningdek pensiya miqdorini koʻpaytirish maqsadida 2022-yil 26-oktyabrda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan edi. Unga koʻra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanishi, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqilishi belgilangan. Bunda, pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi belgilangan. Bu esa, oʻz navbatida, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashga, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirda tumanimizda nogironlik pensiyasi oluvchilar 2 ming 936 nafarni tashkil qiladi. Shundan, I guruh koʻz kasalligi boʻyicha roʻyxatda turgan nafaqa oluvchilar 312 nafar, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 482 nafar, II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 2 ming 339 nafar, III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 115 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 1 ming 265 nafar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchilar roʻyxatga olingan.

Keyingi yillarda pensiya tizimida bir qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Shu bilan birga sohada fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularga yechim topish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining “1271” murojaatlarni qabul qilish qisqa raqami hamda jamgʻarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyat koʻrsatmoqda. Albatta, bundan koʻzlangan maqsad bitta – xalqni rozi qilish. Xalq oʻz hayotidan rozi boʻlgan yurtda esa oʻzaro totuvlik hukm suradi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019