17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:29
Jamiyat 👁 333

Imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlari tashkil etildi

Imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlari tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etadigan tavsiyanoma ularning kelajakdagi taʼlim va kasbiy faoliyatida muhim oʻrin tutadi.

7-fevral kuni Amudaryo muhandislik texnikumida tuman hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanoma uchun test sinovlari tashkil etildi.

Jarayon avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi masʼullari tomonidan ishtirokchilarga test jarayonining tartibi, asosiy mezonlari va muhim jihatlari haqida tushunchalar berildi.

Muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanoma berish jarayoni ularning xizmat davomida erishgan natijalari hamda bilim saviyasi asosida baholanadi. Ushbu jarayonda askarlarning jangovar tayyorgarligi, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasi va nazariy bilimlari asosiy mezon sifatida koʻrib chiqiladi. Jangovar tayyorgarlik – harbiy xizmat davomida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlarda koʻrsatgan natijalari asosida, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik esa askarlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanganligi, intizomi va huquqiy bilimlari darajasi boʻyicha baholanadi. Nazariy bilimlarni aniqlash maqsadida esa harbiy xizmatchilar matematika, fizika va mantiqiy tafakkurga oid test sinovlaridan oʻtadilar.

Tavsiyanoma harbiy xizmat davomida oʻzini intizomli, bilimli va faol sifatida namoyon etgan askarlarga taqdim etiladi. Agar askar xizmat davomida intizomiy qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan yoki jazo olgan boʻlsa, u tavsiyanoma olish huquqidan mahrum qilinadi. Ushbu tizim, bir tomondan, harbiy xizmat intizomini mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, oliy taʼlimga intilayotgan yoshlarni oʻz bilim va mahoratini oshirishga ragʻbatlantiradi.

Maxsus test sinovlari 100 ta savoldan iborat boʻlib, harbiy xizmatchilarning turli yoʻnalishlardagi tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Baholash tizimi askarlarning jangovar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi, shuningdek, matematika, fizika va mantiqiy tafakkurga oid bilimlarini qamrab oladi.

Test natijalari harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlarning bilim darajasini aniq belgilash barobarida, ularning kelajakda oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini oshirish hamda tafakkurini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tavsiyanomaga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar oliy taʼlim muassasalariga kirishda test natijalari boʻyicha toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ballga ega boʻlishadi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonida harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlar uchun alohida kvotalar ajratiladi. Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yil boʻlib, bu harbiy xizmatdan soʻng yoshlarning oʻqishga kirish rejalari ustida ishlashi uchun yetarli imkoniyat yaratadi. Ushbu imtiyozlar harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarning intellektual rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ularning kelajakdagi taʼlim jarayoniga keng yoʻl ochish maqsadida joriy etilgan.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishni maqsad qilgan yoshlar uchun bunday imtiyozlar, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026