16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Fan va taʼlim 👁 407

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan 62-sonli maktabda tadbir oʻtkazildi

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan 62-sonli maktabda tadbir oʻtkazildi

Har yili oʻzbek adabiyoti va madaniyatining buyuk namoyandasi, ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi yurtimiz boʻylab keng nishonlanadi. Maʼlumki, Navoiyning ilmga boʻlgan ishtiyoqi erta uygʻonadi, u 4 yoshida maktabda taʼlim ola boshlagan. 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yoddan bilgan. Shu bilan birga, 7-8 yoshlaridan boshlab gʻazallar yoza boshlagan. Bu yil buyuk mutafakkir bobomizning tavalludiga 584-yil toʻldi.

Shu munosabat bilan tumanimizdagi 62-sonli maktabda “Buyuk zotga taʼzim” deb nomlangan badiiy kecha oʻtkazildi. Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi B.Arikova tomonidan tashkillashtirilgan tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Atayev ochib berdi. U oʻz soʻzida Alisher Navoiy ijodining ahamiyati va uning bugungi yosh avlod tarbiyasidagi oʻrniga toʻxtalib oʻtdi. Tadbir davomida maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, 4-sinf oʻquvchilari oʻz chiqishlari bilan barchaga manzur boʻldi. Oʻquvchilar oʻzlari yod olgan oʻzbek adabiyotining bebaho durdonalari boʻlmish Navoiy gʻazallari, hikmatli soʻzlari va ruboiylarini aytib berishdi.

Darhaqiqat, oʻqituvchilarning va oʻquvchilarning bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdagi tashabbuskorligi va faolligi Navoiy dahosiga ehtirom timsoli hamda shoirning adabiy merosining bardavomligini taʼminlaydi. Shu jihatdan, “Buyuk zotga taʼzim” nomli ushbu tadbir yoshlar qalbida Navoiyga boʻlgan hurmat va muhabbatni yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli boʻldi.

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek adabiyotining, balki butun Sharq tsivilizatsiyasining ulugʻ siymolaridan biri sanaladi. Uning asarlari faqat bir davr yoki xalqqa emas, balki butun insoniyatga daxldor ekanligi bugungi kunda ham oʻz isbotini topmoqda. Ayniqsa, bobokalonimizning turli xalqlar oʻrtasida tinchlik va doʻstlikni mustahkamlash, bashariyatning yorugʻ kelajagini birgalikda qurishga chorlaydigan gʻoya va qarashlarining ahamiyati hozirgi tahlikali davrda tobora ortib bormoqda. Shuningdek, uning bebaho ijodiy merosi haqli ravishda jahon adabiyoti daholarining buyuk asarlari bilan bir qatorda turishi bizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Shu bois, bunday tadbirlarning tashkil etilishi nafaqat adabiy merosimizni targʻib qilish, balki yosh avlodni ezgulikka, tafakkurga, vatanparvarlikka chorlash yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.

Madina Jabborova, QDU 3-bosqich talabasi, tahririyat amaliyotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026