16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:51
Fan va taʼlim 👁 336

49-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi

49-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi

Maktabgacha taʼlim bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishida muhim bosqich sanaladi. Shu bois, davlat tomonidan sohaga alohida eʼtibor qaratilib, maktabgacha taʼlim qamrovi va sifati yil sayin yaxshilanmoqda. 2017-yilda mamlakatimizda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 27 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib bu koʻrsatkich 75 foizdan oshdi. Bu natijaga erishishda keng koʻlamli islohotlar, yangi bogʻchalar qurilishi va mavjud muassasalarni rekonstruktsiya qilish kabi tashabbuslar muhim rol oʻynadi.

Amudaryo tumanining Qangli ovuli hududidagi 49-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining binosi yangidan qurilib, 12-fevral kuni foydalanishga topshirilgani shu yoʻnalishdagi ishlarning yana bir yorqin namunasi boʻldi. Ushbu muassasaning avvalgi binosi 1975-yilda 60-oʻringa moʻljallab qurilgan boʻlib, yillar davomida taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Natijada, bolajonlar yetarlicha sharoitga ega boʻlmagan joyda taʼlim-tarbiya olishga majbur boʻlib kelishayotgandi. Davlatimizning maktabgacha taʼlim sohasidagi izchil islohotlari samarasi oʻlaroq bu muammo oʻz yechimini topdi. 

Muassasa binosining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurotov, soha mutaxassislari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan hokim oʻrinbosari Goʻzal Saburova keyingi yillarda maktabgacha taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yangi taʼlim muassasalarini barpo etish,  sohaga xususiy tadbirkorlarni jalb qilish orqali qamrov koʻrsatkichini yanada oshirish hamda bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtdi. Ushbu oʻzgarishlar nafaqat taʼlim sifatini oshirishi, balki ota-onalar uchun ham katta qulayliklar yaratishi qayd qilindi.

Muassasa binosini foydalanishga topshirish marosimi bolajonlarning ijodiy chiqishlari bilan davom etdi. Kichkinotoylar Vatan, baxtli bolalik haqida kuy-qoʻshiqlar ijro etib, mehmonlarni iliq qarshi olishdi. Kichkintoylarning quvonchga toʻla chehrasi, quvnoq raqs oʻyinlari bayramga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Maʼlumot oʻrnida, 49-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binosi Investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etildi. Qurilish ishlari “Jumurtov tex taʼmir servis” MChJ tomonidan amalga oshirilib, qisqa muddat ichida 90-oʻrinli zamonaviy 2 qavatli bino qad rostladi.

Ushbu taʼlim muassasasi mahalla aholisi uchun katta ahamiyatga ega. Avvalo, bu yerda bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi. Ular endilikda zamonaviy sharoitlarda taʼlim-tarbiya olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari, avval 60 bolani qamrab olgan ushbu muassasaning imkoniyatlari kengaytirilib, 90-oʻrinli zamonaviy binoga aylantirildi. Bu esa maktabgacha taʼlim qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oʻtgan yilning oʻzida tumanimizda 6 ta taʼlim sohasi obʼek­ti, jumladan, 3 ta maktab uchun qoʻshimcha bino va 3 ta MTT binosi foydalanishga topshirildi. Bu esa davlat tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtiborning amaliy isbotidir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019