16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Jamiyat 👁 231

Tabiat moʻʼjizasi hisoblangan gʻayrioddiy insonlar

Tabiat moʻʼjizasi hisoblangan gʻayrioddiy insonlar

Dunyoda milliardlab odamlar yashaydi. Ular orasida oʻzining noyob jismoniy xususiyatlari yoki gʻayrioddiy qobiliyatlari bilan ajralib turadigan shaxslar bor. Ular goʻyoki tabiatning moʻʼjizasi boʻlib, imkoniyatlari oddiy inson aqliga sigʻmaydigan darajada keng. Baʼzilari bu qobiliyatlarga tugʻma ega boʻlsa, boshqalari uzluksiz mehnat va mashqlar orqali hayratlanarli natijalarga erishgan. 

Frantsiyalik Mishel Lotito har qanday qattiq materialni hazm qila olish qobiliyati bilan tanilgan. U metall, shisha, plastik kabi buyumlarni bemalol isteʼmol qilgan. Eng hayratlanarlisi, u ikki yil davomida haqiqiy samolyotni mayda boʻlaklarga boʻlib yeyishga muvaffaq boʻldi! Olimlar uning oshqozon-ichak tizimi juda mustahkam ekanligi va kuchli kislota ishlab chiqarishini aniqlashgan. 

Amerikalik Kim Pik esa jahon tarixidagi eng kuchli xotiraga ega insonlardan biri boʻlgan. U 12 000 dan ortiq kitobni yoddan bilgan va har bir sahifani bir necha soniya ichida eslab qolgan. Uning gʻayrioddiy qobiliyati Gollivud kinoijodkorlarining eʼtiborini tortgan va u mashhur “Rain Man” filmi uchun prototip boʻlgan. Olimlar uning miyasi maʼlumotni qayta ishlashda oddiy odamlarnikidan tubdan farq qilishini aniqlashgan. 

Angolalik Fransisko Damingo Joakim eng katta ogʻizga ega inson sifatida tanilgan. Uning ogʻzi 17 santimetrgacha kengayishi mumkin. Bu esa unga kola bankasi, katta mevalar va boshqa buyumlarni ogʻziga sigʻdira olish imkonini beradi. Bu noyob jismoniy xususiyati tufayli u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. 

Gollandiyalik Vim Hof oʻz tanasini qattiq sovuqqa moslashtirish qobiliyati bilan mashhur. U muzli suvlarda suzish, qor ustida yugurish va hatto -20°C haroratda yupun holda bir necha soat qolish kabi ishlarga qodir. Olimlar uning tanasi kislorod tanqisligiga va sovuq taʼsiriga mutlaqo boshqacha reaktsiya qilishini aniqlashgan. Vim Hof nafas olish va meditatsiya texnikasi orqali organizmini boshqarishni oʻrgangan va bu usul shifokorlar tomonidan ham oʻrganilmoqda. 

Amerikalik Din Karnazes juda uzoq masofaga yugurish qobiliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan. U 50 kun davomida har kuni 50 ta marafon, yaʼni 2 ming 100 km masofaga yugurgan, ammo charchamagan. Olimlar uning mushaklari sut kislotasini boshqacha usulda ishlab chiqaradigan mexanizmga ega ekanligini aniqlashgan, bu esa charchashning oldini oladi. Uning natijalari inson organizmining chegaralari hali ham toʻliq oʻrganilmaganini isbotlaydi. 

Bu insonlarning har biri oʻz noyob xususiyatlari bilan dunyoni hayratga solgan. Ular tabiat inson tanasi va ongining cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatadi. Baʼzilar tugʻma qobiliyat sohiblari boʻlsa, boshqalari uzluksiz mehnat va mashqlar orqali imkonsizdek tuyulgan narsalarni uddalashgan. Ulardan olinadigan asosiy saboq – inson imkoniyatlari cheksiz, asosiysi, ishonch va harakat!

Internet maʼlumotlari asosida QDU talabasi, tahririyat amaliyotchisi Sevinch Maqsudova tayyorladi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019