16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Jamiyat 👁 299

Insonlarning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish ijtimoiy xizmat xodimining zimmasidagi masʼuliyat

Insonlarning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish ijtimoiy xizmat xodimining zimmasidagi masʼuliyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilib, faoliyat olib bormoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanining Besh ovul mahalla fuqarolar yigʻinida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahalladagi ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda mahallada 669 ta xonadon tarkibidagi oilalarda 3684 nafar aholi istiqomat qiladi. Yil boshida hududdagi barcha xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzi, mehnatga layoqatliligi, iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi puxta oʻrganilib, xatlovdan oʻtkazildi. Xatlov natijalariga asosan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor boʻlgan hamda yakka-yolgʻiz fuqarolar roʻyxati shakllantirilib, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida alohida taʼlim olishga ehtiyojmand boʻlgan 1 nafar bolaning uyda taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, yana bir nafar bolani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya koʻrigiga yuborish choralari koʻrildi.

Prezidentimizning 2024-yil 27-fevraldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida mahallada istiqomat qiluvchi 78 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar alohida tizimga olinib, ulardan 1 nafariga POM, RTV rusumidagi oyoq protezi, 1 nafariga nogironlik aravachasi berildi. Yana 1 nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga nogironlik aravachasini olib berish choralari koʻrilmoqda. Bundan tashqari, 6 nafar nogironligi boʻlgan va pensiya yoshidagi fuqarolarning salomatliklarini tiklashlariga koʻmaklashish maqsadida ularni sanatoriy-profilaktoriylarga yuborish uchun tegishli tashkilotlarga arizalar taqdim etildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz qatlamini hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning oila aʼzolarini, aynan shunday toifadagi bolalarning ota-onalarining ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida nogironligi boʻlgan bolalarning ota-onalaridan 4 nafariga 80 yoshga toʻlgan keksalarga va 1-guruh nogironligi boʻlgan bolaga qarab turish boʻyicha bandligini taʼminlash maqsadida haqiqiy holatlar joyiga chiqqan holda oʻrganilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-sonli va unga qoʻshimcha 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli Qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, 91 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga bolalar nafaqasi tayinlandi. Shuningdek, 4 ta oila kam taʼminlangan deb eʼtirof etilib, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam toʻlash joriy etildi. Yana 4 ta oilaga esa boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanib kelinmoqda. Ayni paytda mahalladagi 107 ta oilaning moddiy ahvoli baholandi va ulardan 55 tasi kambagʻallik reyestriga kiritilib, mazkur oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejalar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, bolalar nafaqasi va ijtimoiy yordam oluvchi, kambagʻallik reyestriga kiritilgan oilalarning qish mavsumida tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun qish mavsumida kompensatsiya toʻlovini joriy etish rejalashtirilgan. Hududimizdagi 2 nafar yakka-yolgʻiz fuqaroga ham alohida eʼtibor qaratilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmat xodimi assistenti tomonidan zarur xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 1 nafar ayol ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi tomonidan tibbiy-maʼrifiy-psixologik trening oʻtkazilib, 3 nafar shaxsga keys-menejment usulini qoʻllagan holda ularning muammolarini individual tarzda oʻrganish orqali bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlarimiz mohiyatan har bir insonning hayotdan rozi yashashini taʼminlash va muammolarini tizimli ravishda bartaraf etish orqali ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashishga qaratilgani bilan hamisha dolzarb va muhim hisoblanadi. Bevosita xalq orasida yurib, ular bilan samimiy, dildan muloqotlar qilish orqali ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish esa ijtimoiy xizmat xodimining zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir.

Jahongir Yoʻldoshev, Beshovul MFY ijtimoiy xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019