17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 10:43
Jamiyat 👁 325

Tuman boʻyicha oʻtgan yili 63 ta, joriy yilning 2 oyida 14 ta noqonuniy qurilgan binolar sud qaroriga muvofiq buzib tashlangan

Tuman boʻyicha oʻtgan yili 63 ta, joriy yilning 2 oyida 14 ta noqonuniy qurilgan binolar sud qaroriga muvofiq buzib tashlangan

Mamlakatimizda shaharsozlik va yerdan foydalanish qonun bilan tartibga solingan. Ammo ayrim fuqarolar tomonidan qonun talablariga rioya qilinmagan holda, ruxsatnomasiz qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat shaharsozlik meʼyorlarining buzilishiga, balki yerdan noqonuniy foydalanish oqibatida huquqiy muammolarga ham sabab boʻladi. Shu bois, noqonuniy qurilishlarga qarshi kurashish va ularning oldini olish davlat organlarining doimiy diqqat markazida boʻlib kelmoqda.

Noqonuniy qurilish – bu davlat organlarining tegishli ruxsatisiz yoki shaharsozlik qoidalariga zid ravishda barpo etilgan turar joy yoki boshqa inshootdir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida bunday holatlar aniqlangan taqdirda, mahalliy hokimliklar hamda vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Agar qurilish noqonuniy deb topilsa, sud qaroriga asosan, inshoot buzilishi mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir shaxs qurilish ishlarini boshlashdan oldin tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi, yer uchastkasining maqsadli foydalanish maqomini aniqlashi va shaharsozlik normalariga rioya qilishi zarur.

Fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarga yoʻl qoʻyilmasligi uchun huquqiy ongni oshirish va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tuman hokimligi, Arxitektura boʻlimi va Majburiy ijro byurosi tomonidan muntazam ravishda profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2024-yil davomida Amudaryo tumanida noqonuniy qurilmalarni buzishga oid 208 ta ijro hujjati qabul qilingan boʻlib, ulardan 63 tasi ijro etilgan va tegishli qurilmalar buzilgan. 2025-yilning birinchi oylarida ham bu jarayon davom etmoqda. Xususan, yanvar-fevral oylarida 14 ta noqonuniy qurilish sud qarorlari asosida buzildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining 2025-yil 14-yanvar kungi qaroriga asosan, Besh ovul mahallasida 56 kvadrat metrlik oʻzboshimcha qurilgan turar joyning ham huquqiy holati noqonuniy deb topilgan. Sud qaroriga muvofiq, uning egasi oʻz hisobidan qurilishni buzishi lozimligi haqida ogohlantirilgan. Javobgarning oʻz ixtiyori bilan 1-mart kuni qurilma buzilib, yer dastlabki holatiga keltirildi.

Noqonuniy qurilishlar shaharsozlik meʼyorlarini buzishi bilan birga, yerdan qonuniy foydalanish tartibini ham izdan chiqaradi. Shu bois, davlat organlari va mahalliy hokimliklar tomonidan bunday holatlarning oldini olish maqsadida qatʼiy choralar koʻrilmoqda. Qolaversa, noqonuniy qurilishlar ekologiyaga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shaharsozlik rejalarisiz qurilgan bino va inshootlar atrof-muhitga, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga ziyon yetkazishi ehtimoli yuqori.

Qonunchilik talablariga amal qilmaslik huquqiy va moliyaviy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir fuqaro qurilish ishlarida masʼuliyatli boʻlishi, oʻz huquq va majburiyatlariga amal qilishi va albatta, bino yoki inshoot qurishdan oldin tegishli tartibda ruxsat olishi lozim.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019