16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 346

Tomorqa – daromad manbai va farovonlik kafolati

Tomorqa – daromad manbai va farovonlik kafolati

Bahor fasli dehqonlar uchun yangi hayot, yangi imkoniyatlar mavsumi. Ona zamin yashil rangga burkanib, tabiat uygʻongan sari mehnatsevar insonlar ham dala va tomorqa ishlariga kirishadi. Mamlakatimizda aholining tomorqalardan samarali foydalanishi, daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar aholi uchun haqiqiy imkoniyatga aylandi.

Amudaryo tumanining Arnaboʻyi mahallasida mehnatkash dehqon va tadbirkorlar mahalla raisi Shuhrat Sultanov va hokim yordamchisi Siroj Urazmatovlarning saʼy-harakatlari bilan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, dehqonchilik va tomorqa orqali yaxshi natijalarga erishmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar aholi dasturxonlari toʻkinligiga ham hissa qoʻshmoqda.

Jamoliddin Raimboyev issiqxonasida bahor mavsumiga mos bodring urugʻlari ekilgan boʻlib, bugungi kunda unib chiqqan. Issiqxona egatlari plyonka bilan qoplangani tufayli issiqlik taʼsiri oshirilib, hosildorlik yuqori boʻlishi taʼminlanmoqda.

Jamoliddin Raimboyev bolaligidan dehqonchilikka qiziqib kelgan. Avval oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullangan, bugun esa yaxshi koʻrgan kasbi orqali daromad topish maqsadida issiqxona tashkil etdi. 2024-yil iyun oyida 30 sotix yer maydonida issiqxona qurishga kirishgan tadbirkor iyul oyi oʻrtalarida bodring ekib, bir oy ichida ilk hosilni oldi.

Issiqxonada mahalliy va saralangan navli bodringlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sugʻorish tizimining joriy etilishi suv tejamkorligini taʼminlab, hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Issiqxona qurish ishlari andijonlik tajribali ustalar tomonidan bajarilgan. Raimboyevlar oilasi issiqxona orqali yil davomida 3-marta hosil olishga erishmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun bankdan 5-yil muddatga 280 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olingan. Har bir ekish mavsumida ekin 2 oy davomida hosil beradi va mahalliy bozorlarga yetkazib beriladi.

Mahalladagi yana bir mehnatkash tomorqachi Oybek Xalillayev ham oilasi bilan 4 sotixlik issiqxonasida asosan bodring yetishtiradi. Bu yil dehqon sinov tariqasida pomidor va qalampir ekishga ham bel bogʻladi. Issiqxonadan tashqari 30 sotixdan iborat tomorqasida kartoshka, karam, shuningdek, bodring va pomidor yetishtirish bilan shugʻullanadi. Bugungi kunda kartoshka ekish ishlari yakunlangan boʻlib, issiqxonaga oʻz koʻchatxonasida yetishtirilgan bodring koʻchatlarini oʻtkazmoqda.

Oybek aka mehnatsevar va irodali inson. U nogironligi bor boʻlishiga qaramay, tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan halol rizq topmoqda. Baʼzi odamlar sogʻlom boʻlsa-da, hayotdan nolib yashaydi. Oybek aka esa turmush oʻrtogʻi Gulnora Ametova va farzandlari bilan fidokorona mehnati bilan oilaga daromad keltirmoqda.

Oybek Xalillayevning onasi – 75 yoshli Gulchehra ona Turayeva ham haligacha faol mehnat qiladi. U farzandlariga bosh boʻlib, tomorqada yoshlardek sergʻayrat ishlaydi. Gulchehra ona nevaralari uchun saboq va mehnatkashlikning yorqin namunasidir.

Tomarqadan olingan daromad orqali Oybek Xolillayevning katta qizi Malohat Boltaboyeva Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida tahsil olmoqda, kichik qizi Mahliyo Boltaboyeva esa 10-sinf oʻquvchisi.

Bu oila nafaqat issiqxonachilik, balki chorvachilik va asalarichilik bilan ham shugʻullanib, turli sohalarda oʻzini sinab koʻrmoqda.

Bugungi kunda davlat tomonidan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, dehqonchilik va oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilayotgani koʻpchilik uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Yosh oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari uchun bunday imkoniyatlar – mustaqil biznes tashkil etish va oilaviy daromadni oshirishda katta yordam boʻlmoqda.

Eng muhimi, tomorqa – daromad manbai. Agar inson harakat qilsa, yer unga saxovatini ayamaydi. Har qanday sharoitda ham mehnat qilib, ilm va tajribasini boyitgan kishi oʻzining va oilasining farovonligini taʼminlay oladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019