16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 381

Bobur nomli ovulda tomorqadan samarali foydalanishga doir seminar oʻtkazildi

Bobur nomli ovulda tomorqadan samarali foydalanishga doir seminar oʻtkazildi

Prezident topshirigʻiga muvofiq, mamlakatimizda ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tomorqalarda anjir va xurmo yetishtirish boʻyicha loyihalar yoʻlga qoʻyilib, bu tashabbus mahalliy hokimiyat organlari, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari va banklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xotin-qizlarga zaruriy koʻmak, resurslar va amaliy hamda nazariy bilimlar berib borilmoqda.

Yaqinda Bobur nomli ovulda mazkur loyiha doirasida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, “Agrobank” ATB Nukus shahar va tuman filiali masʼullari, shu ovuldagi “yettilik” aʼzolari hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassislar tomorqalardan samarali foydalanish, ularni daromad manbai sifatida rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr almashishdi. Yerga mehr qoʻygan inson hech qachon ziyon koʻrmasligi, mehnat barakasi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Shu bois, xotin-qizlarga mevali daraxtlarni yetishtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda, ular sifatli koʻchatlar, urugʻlar va zarur agrotexnika vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi, bu esa ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar anjir va xurmo koʻchatlarini ekish jarayonida faol ishtirok etishdi. Mutaxassislar mazkur mevalarning parvarishi, sugʻorish va hosildorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar berishdi. Shuningdek, tajribali bogʻbonlar oʻz bilim va koʻnikmalarini yoshlarga oʻrgatish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Mazkur tashabbus ishsiz xotin-qizlarga oʻz tomorqalarida anjir va xurmo yetishtirish orqali qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlish imkonini yaratadi. Loyiha doirasida tomarqachilar va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ularni ish bilan taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan boʻlib, ular Prezidentning tegishli Farmon va Qarorlari bilan mustahkamlab qoʻyilgan. Ushbu dasturlar doirasida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kasb-hunar oʻrgatish va imtiyozli kreditlar ajratish kabi keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xotin-qizlar uchun tomorqalarda anjir va xurmo yetishtirish loyihasi nafaqat ularning bandligini taʼminlash, balki mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan toʻldirishga ham xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar har bir fuqaroni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, oʻz ishini boshlashi va mustaqil daromad topishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Seminardan soʻng, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Saburova va mutasaddilar Jumur ovul mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi 95 yoshli nuroniy Bika ona Rahimova xonadoniga tashrif buyurib, onaxonning holidan xabar olishdi.

Bika ona Rahimova 1930-yilda Amudaryo tumanida tavallud topgan. U 1948-yilda Bekimbat ota Patiyev bilan oila qurib, 3 nafar oʻgʻil va 3 nafar qizni voyaga yetkazdi. Turmush oʻrtogʻi 1973-yilda vafot etganidan soʻng, barcha masʼuliyatni zimmasiga olib, farzandlarini halollik va mehnatsevarlikka oʻrgatib, katta hayotga tayyorladi. Umri davomida front ortida – ovul xoʻjaligida astoydil mehnat qilib, oilasi va jamiyat rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. Bika ona bugungi kunda farzandlari, nabira va evaralari bagʻrida tinch va baxtli hayot kechirmoqda.

Bunday tashriflar yoshi ulugʻ insonlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborning yorqin ifodasi boʻlib, nuroniylarning shodu-xurramligi yurt taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026