16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 458

Ijtimoiy himoya borasidagi ishlar OAV nigohida

Ijtimoiy himoya borasidagi ishlar OAV nigohida

29-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan “Amudaryo tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari hamda “Amudaryo TV” telekanali va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi jurnalist va muxbirlari, yosh jurnalistlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari, tuman hokimining matbuot kotibi Charos Arslonova ochdi hamda olib bordi. Matbuot kotibi oʻz soʻzida soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, ommaviy axborot vositalarining oʻrni va ahamiyatini mustahkamlashga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va bu boradagi islohotlar xususida soʻz yuritdi.

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻz maʼruzalarida: “Ommaviy axborot vositalari soʻzda emas, amalda “Toʻrtinchi hokimiyat” darajasiga koʻtarilishi zarur” degan iborani koʻp bora taʼkidlaydilar. Darhaqiqat, bugun OAVning jamiyat siyosiy hayotidagi oʻrni sezilarli darajada oshib, amalda “Toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanmoqda desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish borasidagi vazifalar mustahkamlangan.

Matbuot anjumanida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev kun tartibidagi mavzu yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda markaz tomonidan barcha toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari 2 baravarga oshib, kam taʼminlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga koʻpaydi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatda ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida norma sifatida belgilab qoʻyilgan.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va tuman hamda shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Matbuot anjumani mobaynida mahalliy OAV vakillari hamda deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan yoʻllangan savollarga atroflicha maʼlumotlar hamda tushunchalar berildi. Jumladan, voyaga yetmaganlar, ota-onasidan mahrum boʻlgan yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, markazga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha savollarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbasi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan jami 245 nafar voyaga yetmagan bolaga vasiy va homiy tayinlangan, shundan vasiylikka olinganlari 152 nafarni, homiylikka olinganlari 94 nafarni tashkil etib, ularning 38 nafari chin yetim bolalardir. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 17 yoshga toʻlgan 4 nafar voyaga yetmagan bolalar hamda 18-23 yoshli 3 nafar yoshlarni joriy yil davomida uy-joy bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019