16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Siyosat 👁 779

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 8-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 8-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 4-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida VII chaqiriq Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 8-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengashi Raisining oʻrinbosari – “3-Doʻstlik” saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga “9-Qilichboy” saylov okrugidan deputat Muhabbat Rahimova saylandi.

Kun tartibidagi dastlabki masala – 2025-yilning birinchi choragi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxametali Xojamuratov hisobot berdi.

Hisobotda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilish, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan bir qator tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotganligi xususida soʻz yuritildi.

Sessiya kun tartibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining 2025-yil yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimligining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Otabek Olloyorov axborot berdi. Axborotda Amudaryo ustiga qurilgan, hozirda foydalanilmayotgan eski ponton koʻprik qismlaridan ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilish uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida taklif bildirildi. Ushbu taklif barcha deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Kun tartibidagi navbatdagi – “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ernazarov hisobot berdi.

Hisobotda “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumida 10-martdan 20-martga qadar boʻlib oʻtgan ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra eng koʻp ovoz toʻplagan 11 ta tashabbus gʻolib deb topilgani, ushbu tashabbuslarning umumiy qiymati 16 mlrd 497 mln 828 ming soʻmni tashkil etishi qayd qilindi va mazkur loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosari Bahodir Ernazarov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham hisobot berdi.

Sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obʼektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli oʻrganish, koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish borasida 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2025-yil boshidan 31-mart sanasiga qadar jami 1 ming 106 ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgani, ushbu murojaatlardan 900 tasi koʻrib chiqilgani, 682 tasi qanoatlantirilgani qayd qilindi. Hisobot davrida 381 ta murojaatlar huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan boʻlsa, 24 ta murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan, 194 ta murojaatlar egalariga esa tushuntirishlar berilgan. Ushbu murojaatlarning 3 tasi koʻrmasdan qoldirilgani, 5 tasi rad etilib, 16 tasi tugatilgani, qolgan 206 ta murojaatlar esa koʻrib chiqish jarayonida ekani taʼkidlandi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala boʻyicha tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Shukurlo Yusupov hisobot berib, isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari boʻyicha deputatlarga maʼlumotlar berdi. Hisobotda keltirilishicha, 2025-yil vegetatsiya davrida tuman boʻyicha jami 38 ming 108 gektar ekin ekiladigan maydonda, shundan 16 ming gektar paxta, 5 ming 809 gektar kuzgi bugʻdoy va 9 ming 647 gektar boshqa ekinlar, 6 ming 652 gektar tomorqa yer maydonlarini sugʻorish rejalashtirilgan va shu maqsadda suv olish limitlari ishlab chiqilgan.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan tuman Kengashining 8-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026