16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Fan va taʼlim 👁 416

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda taʼlimda sunʼiy intellekt istiqbollari muhokama qilindi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda taʼlimda sunʼiy intellekt istiqbollari muhokama qilindi

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, barcha sohalarda – ayniqsa, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda hayotga tatbiq etilayotgan kompleks chora-tadbirlar raqamli transformatsiya jarayonining jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrni va ahamiyati nihoyatda yuqori ekanini yaqqol namoyon qilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar hamda axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini rivojlantirish, barcha hududlarda IT-parklarni tashkil etish, sohada talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan 220 dan ortiq ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 40 dan ziyod axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportal faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishga qaratilgan axborot tizimlari ishlab chiqilmoqda. “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida esa ijtimoiy sohani raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan boʻlib, bu tajriba kelgusida boshqa hududlarda ham tatbiq etilishi koʻzda tutilmoqda.

Joriy yilning 8–9-aprel kunlari Nukus shahridagi Innovatsion texnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi asosida “Sunʼiy intellekt va taʼlim: imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanning asosiy maqsadi – jahonda keng qoʻllanilayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini yurtimiz hayotiga tatbiq etish, raqamli maʼlumotlardan samarali foydalanish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim tizimini raqobatbardosh darajaga olib chiqish va uning jozibadorligini oshirishdan iborat.

Anjumanda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qoʻmitasi raisi Murat Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bayram Otemuratov hamda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Polat Maxsetbayev va boshqalar ishtirok etdilar. Mehmonlarni universitet rektori Anvar Aʼzamov kutib oldi va anjumanning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, 2030-yilgacha sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 10 foizga oshirish, soha boʻyicha 10 ta ilmiy laboratoriya tashkil etish va yuqori hisoblash quvvatiga ega serverlarni ishga tushirish, shuningdek, Hukumatlarning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida Oʻzbekistonni dunyodagi ilgʻor 50 davlat qatoriga kiritish belgilangan.

Shu bilan birga, sohani rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar sifatida sunʼiy intellekt sohasida normativ-huquqiy bazani shakllantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, texnik infratuzilmani yaratish va ushbu texnologiyalarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish, aholining sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda soha uchun kadrlar salohiyatini yuksaltirish belgilangan.

Bu kabi chora-tadbirlar, anjumanlar va davlat strategiyalari mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellektni rivojlantirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish, davlat xizmatlarining samaradorligini kuchaytirish hamda jamiyatning raqamli savodxonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019