16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:04
Fan va taʼlim 👁 426

AMUDARYoLIK BITIRUVChI YoShLAR OʻRTASIDA “BOʻLAJAK YoSh MUHANDISLAR” FAN OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

AMUDARYoLIK BITIRUVChI YoShLAR OʻRTASIDA “BOʻLAJAK YoSh MUHANDISLAR” FAN OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini oʻzlari qiziqqan sohalar boʻyicha yoʻnaltirish, ularning qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli bilimdon, iqtidorli, oʻziga ishonchi baland, intiluvchan yoshlar safi tobora oshib bormoqda. Joriy 2024-2025 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika, fizika va kimyo fanlariga qiziquvchi yoshlarning isteʼdodlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Boʻlajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi ham ana shunday qobiliyatli oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishining 32-sonli bayonida oliy taʼlim muassasalarning muhandislik yoʻnalishiga qiziqishi yuqori boʻlgan iqtidorli yoshlarni tanlab olish tizimini yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Unga koʻra, ushbu vazifani bajarish boʻyicha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Vahobov Davron Abdujalolovich rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Respublika boʻylab matematika, fizika va kimyo fanlaridan “Boʻlajak yosh muhandislar” nomli fan olimpiadasi tuman, viloyat, Respublika bosqichlarini oʻtkazish va shu orqali muhandislik yoʻnalishiga qiziqishi yuqori boʻlgan iqtidorli yoshlarni jalb qilgan holda institutda olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoni va taʼlim yoʻnalishlari yuzasidan targʻibot tishlarini olib borish topshirilgan edi.

Prezidentimiz Farmonida belgilangan ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-aprel sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi binosida 11-sinf bitiruvchilari oʻrtasida “Boʻlajak yosh muhandislar” fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Olimpiadaga tumandagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan va ixtisoslashtirilgan maktabdan matematika, fizika va kimyo fanlariga qiziquvchi 170 nafarga yaqin iqtidorli oʻquvchilar qatnashdilar.

“Boʻlajak yosh muhandislar” fan olimpiadasining tuman bosqichi ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Fan olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektori metodisti Zaxida Usenova, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oliy matematika va kompyuter grafikasi kafedrasi dotsenti Jasur Karimboyev, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodistlari Habibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova, olimpiada auditoriya rahbarlari, hakamlar, kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Marosimida soʻzga chiqqan Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shomuratov “Boʻlajak yosh muhandislar” fan olimpiadasini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar haqida batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi. Shundan soʻng Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oliy matematika va kompyuter grafikasi kafedrasi dotsenti Jasur Karimbayev institut haqida taqdimot oʻtkazdi.

Bugungi kunda talab yuqori boʻlgan zamonaviy mutaxassisliklarni tayyorlovchi mazkur yetakchi oliy taʼlim muassasasida mavjud fakultetlar va yoʻnalishlar haqida atroflicha soʻz yuritilib, institutda dual taʼlim yoʻlga qoʻyilganligi, talabalar oʻqish davrida hafta davomida 3 kun tahsil olsa, qolgan 3 kunida ishlab chiqarish korxonalarida 2 million soʻmdan boshlab oylik maosh olib, ishlashlari, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyati mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Bundan tashqari, institutda qoʻshma taʼlim ham mavjud boʻlib, talabalar 2+2, 3+1, 2+2+1 dasturi boʻyicha, yaʼni 2 yoki 3-yil mazkur institutda, 2 yoki 1-yil xorijda oʻqib, 2 ta davlatning diplomiga ega boʻlishlari, qoʻshma taʼlim bitiruvchilari xorijda qulay sharoitlardagi yuqori maoshli korxona va tashkilotlarga ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻlishlari haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Shundan soʻng “Boʻlajak yosh muhandislar” olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi va unda muhandislik yoʻnalishiga qiziquvchi amudaryolik yoshlar unda faol ishtirok etdilar.

Shaffoflik asosida oʻtgan olimpiada yakunlariga koʻra, 40-, 25-sonli va ixtisoslashgan maktablar oʻquvchilari sovrinli 1-, 2-, 3- oʻrinni egalladilar va olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar. Gʻolib oʻquvchilarga institut tomonidan tegishli tartibda 700 000, 500 000, 300 000 soʻmlik pulli vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.

Maʼlumot uchun: olimpiadaning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun quyidagi sovgʻa va vaucherlar berish nazarda tutilgan:

1-oʻrin uchun DAMAS avtomobili;

2-oʻrin uchun 20 mln. soʻm;

3-oʻrin uchun 10 mln. soʻm.

Bu kabi olimpiadalar oʻtkazilishi taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasidan matematika, fizika, kimyo fanlari boʻyicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi ravnaqi, kelajagi uchun oʻz hissasini qoʻshadigan yoshlar safini yanada oshirish imkonini beradi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026