16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Jamiyat 👁 409

Amudaryoda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda

Amudaryoda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz boʻylab keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat shaharlarda, balki chekka hududlarda ham zamonaviy infratuzilmaning barpo etilishiga yoʻl ochmoqda. Yangi maktablar, bogʻchalar, tibbiyot muassasalari, koʻp qavatli uylar, yoʻllar va koʻpriklar bunyod etilayotgani aholining hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Qurilish ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilib, ekologik xavfsizlik va energiya tejamkorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qurilish sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida Amudaryo tumanining Mangʻit shahri yangicha, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda, qishloqlarda aholi turmushi kun sayin farovonlashib bormoqda. Bunyodkorlik ishlari natijasida ijtimoiy infratuzulma tobora yaxshilanib, taʼlim, tibbiyot, uy-joy qurilishi borasida aholining ehtiyojlari qondirilmoqda.

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida tumanning Doʻstlik mahallasi hududida “Yangi Oʻzbekiston” massividagi koʻp xonadonli uy-joylarning qurilish ishlari qizgʻin pallaga kirgan. “Yangi Oʻzbekiston” massivida har biri 5 qavatli boʻlgan 8 ta koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, har biri 30-35ta xonadonga moʻljallangan turar joylar qurilishida tumandagi 8 ta qurilish tashkilotlari quruvchilari faoliyat olib borishmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ham yangi qurilish va bunyodkorlik ishlariga asos boʻlmoqda.

Qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida ilgari surilgan mazkur loyiha asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahallalarda, shundan 40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahallalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Qaror asosida Amudaryo tumanida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 7 ta ijtimoiy soha obʼektlari qad rostlamoqda. Ular 4 ta pudratchi tashkilot tomonidan barpo etilmoqda. Xususan, “Zamin qurilish trans servis” MChJ tomonidan Farovon mahallasi hududida 90-oʻrinli, Olmazor mahallasi Birdamlik va Yangibogʻ koʻchalari tutashgan hududda 120-oʻrinli, Arna boʻyi mahallasi Pokizalik koʻchasida 150-oʻrinli yangi zamonaviy shart-sharotilarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilishi jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Shuningdek, Doʻstlik mahallasining Chamanzor koʻchasida 240-oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi “Xorazm taʼmirlash” MChJ, Oʻrtaqalʼa ovulida mahalla majmui va Toshyop ovuli hududidagi qishloq vrachlik punkti binolari esa “Baken Qurilish montaj” va “Buxrem stal stroy” MChJ tomonidan qurilishi belgilangan.

Qolaversa, Toshyop ovuli hududida kuniga 50 tashrifga moʻljallangan yangi qishloq vrachlik punkti qurilishi “Shoʻraxon qurilish montaj” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida ijtimoiy soha obʼektlarida qurilish ishlari jadal suʼratlarda davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bunday ulkan bunyodkorlik ishlarining markazida inson qadri, aholining ehtiyoj va manfaatlari turadi. Har bir qurilayotgan obʼekt, barpo etilayotgan infratuzilma aholi uchun qulaylik, farovon turmush sharoitlarini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019