16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:57
Jamiyat 👁 309

Sogʻlom oilaviy muhit – barqaror jamiyat asosi

Sogʻlom oilaviy muhit – barqaror jamiyat asosi

Har qanday jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, avvalo, oiladagi muhitga bogʻliq. Oilada muhabbat, oʻzaro hurmat va tushunish hukm surayotgan boʻlsa, bu holat jamiyatdagi har bir fuqaroning ongi, fikrlashi va dunyoqarashida oʻz ifodasini topadi. Shu bois, mamlakatimizda oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida izchil choralar koʻrilmoqda.

Shu maqsadda 19-aprel kuni Amudaryo tumanining Xitoy ovuli hududidagi 85-sonli umumtaʼlim maktabi binosida “Turmush” profilaktik tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir oilaviy nizolarni aniqlash, barvaqt bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatda sogʻlom muhitni qaror toptirishga qaratilgan boʻlib, uning doirasida muhim ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman IIB katta inspektori Inobat Oʻrazmatova, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, mahalla faollari, xotin-qizlar vakillari, oʻqituvchilar va oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir ishtirokchilariga masʼullar tomonidan mavzu yuzasidan batafsil axborot berildi.

Taʼkidlash joizki, oʻtkazilayotgan profilaktik ishlarga qaramay, oilaviy tortishuvlar, qoʻshnilar va qarindoshlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida huquqbuzarlik holatlari hanuz uchrab turibdi. Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida sodir etilgan tan jarohati yetkazish va oilaviy zoʻravonlik jinoyatlarining har uchinchisi aynan oilaviy munosabatlar doirasida roʻy bergan. Ayniqsa, bunday holatlar Amudaryo, Beruniy, Qaraoʻzak, Toʻrtkoʻl va Xoʻjayli tumanlarida koʻp qayd etilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida tumanda istiqomat qiluvchi zoʻravonlik va tazyiqdan jabrlangan 161 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. Mazkur orderlar ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish, zoʻravonlikka qarshi turishga xizmat qiladi. Biroq, ayrim hollarda ilgari berilgan himoya orderlariga qaramay, zoʻravonlik holatlari takrorlanmoqda. Shu sababli, 5 nafar zoʻravon shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalari asosida huquqiy choralar koʻrildi.

Oilaviy nizolar oqibatida ruhiy tushkunlikka tushgan ayollar ham eʼtibordan chetda qoldirilmayapti. Tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi birlamchi psixologik yordam xonasiga 3 nafar ayol joylashtirildi. Ularning ikkitasi holati ogʻir boʻlgani bois Nukus shahridagi Ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markaziga yuborilib, psixologik va huquqiy yordam koʻrsatildi.

“Turmush” tadbiri doirasida jinoyatchilik va fohishalik kabi salbiy holatlar ham aniqlanmoqda. 2 nafar ayol-qizning fohishalik bilan shugʻullanayotgani maʼlum boʻlib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks asosida choralar koʻrildi. Shuningdek, oʻz xonadonida fuqarolarga moddiy manfaat evaziga sharoit yaratib bergan 1 nafar ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari qoʻllanildi.

Aniqlangan holatlarning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, bunday huquqbuzarliklar asosan oʻzaro tushunish yetishmasligi, murosa madaniyatining pastligi hamda huquqiy savodxonlikning zaifligidan kelib chiqmoqda. Shu bois, tadbir doirasida nizoli oilalar bilan individual profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda, ularning roʻyxati shakllantirilib, har bir muammoni hal qilish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Profilaktik ishlarga mahallalardagi “yettilik” guruhlari, jamoatchilik va faollar faol jalb qilinmoqda. Mol-mulk, uy-joy, yer masalalari, rasmiy nikohsiz yashash, ajralish kabi omillar oilaviy kelishmovchilikka sabab boʻlayotgani inobatga olinib, tegishli davlat organlari – sud, kadastr, soliq, FHDYo va hokimliklar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, oilada zoʻravonlik sodir etgan va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar ham alohida nazoratga olingan. Ular va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlar tashkil etilmoqda, zarur hollarda psixologik va huquqiy yordam koʻrsatilmoqda. Agar ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslar, jumladan oʻz joniga qasd qilishga moyil fuqarolar aniqlansa, ular haqida Ayollarni reabilitatsiya qilish markazlariga maʼlumotlar yuborilmoqda.

Tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, mehnat bozoriga moslashtirish maqsadida yordamchi tarbiyachi kasbi boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etildi. Oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan 2 nafar ayolga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir davomida fuqarolarning rashk, mol-mulk talashish bilan bogʻliq murojaatlari yuzasidan kundalik monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, spirtli ichimliklarga moyil shaxslar aniqlanib, ular jamoatchilik bilan hamkorlikda nazorat ostida ushlab turilmoqda.

“Turmush” profilaktik tadbirining asosiy maqsadi – oilaviy muhitni yaxshilash, huquqbuzarliklarni oldini olish, ishsizlarni ish bilan taʼminlash, huquqiy va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga amaliy koʻmak koʻrsatishdir. Ushbu maqsadlarga erishishda mahalla fuqarolar yigʻini, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Shu kuni xotin-qizlar oʻrtasida zoʻravonlikka qarshi kurashni keng targʻib etish maqsadida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida maxsus targʻibot tadbiri ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatilib, tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalanish boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi.

Eng muhimi, “Turmush” profilaktik tadbiri faqatgina jinoyatlarni aniqlash bilan cheklanib qolmay, balki oilaviy munosabatlarda toʻgʻri muomala va huquqiy bilimlar orqali kelishmovchiliklarni hal qilish, jamiyatda sogʻlom muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, tinch, barqaror va adolatli jamiyat sari qoʻyilayotgan muhim qadamlardan biridir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019