16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:05
Fan va taʼlim 👁 423

1-sonli politexnikumda “Kasblar festivali” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi

1-sonli politexnikumda “Kasblar festivali” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi

Kasb-hunar taʼlimi har doim yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yetuk mutaxassislar sifatida voyaga yetkazishda muhim omil boʻlib kelgan. Bu jarayonda oʻrta boʻgʻin kasb-hunar taʼlimi tizimining oʻrni beqiyos.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 1-sonli politexnikum aynan shunday zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan taʼlim maskanlaridan biridir. Mazkur muassasada oʻquvchilar tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda ishlab chiqarishda zarur boʻlgan amaliy koʻnikmalarga ham ega boʻlib bormoqdalar.

Yaqinda politexnikumda 9–11-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, mahalliy jamoatchilik, taʼlim sohasi vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Kasblar festivali” yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirni politexnikum direktori Allayor Baltayev kirish soʻzi bilan ochib, kasb-hunar taʼlimi davlat siyosatidagi oʻrni, yoshlarni zamon talablariga mos ravishda tayyorlash yoʻnalishidagi islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida muassasada yoʻlga qoʻyilgan ixtisosliklar, oʻquv jarayoni, innovatsion yondashuvlar, amaliy mashgʻulotlar samaradorligi va yoshlarni ish bilan taʼminlash imkoniyatlari haqida keng maʼlumot berildi.

Bugungi kunda politexnikumda zamonaviy talablar asosida bir qator mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berib kelinmoqda. Avtotransport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish, elektrotexnika va energetika, santexnika hamda isitish-sovitish tizimlari, qurilish va smeta ishlari, kompyuter texnologiyalari va axborot tizimlari, sanoat uskunalariga xizmat koʻrsatish, servis xizmatlari kabi muhim yoʻnalishlar shular jumlasidan. Shuningdek, xizmat koʻrsatish sohasi uchun ham malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sport zalida tashkil etilgan maxsus koʻrgazmalar, toʻgaraklar, ishlab chiqarish ustaxonalarining faoliyati bilan tanishish jarayoni, oʻquvchilarning oʻz qoʻllari bilan tayyorlagan maketlari, oʻquv-texnik uskunalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ijodiy chiqishlar tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Politexnikumda taʼlim oluvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 240-oʻrinli ishlab chiqarish ustaxonalari, 100-oʻrinli yotoqxona va oshxona, sport zallari, ochiq sport maydonchalari, zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter va multimedia sinflari, kasb-hunar mashgʻulotlari uchun maxsus auditoriyalar – bularning barchasi oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, muassasada 30 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi, shu jumladan 2 nafar bosh oʻqituvchi, 6 nafar yetakchi oʻqituvchi, 9 nafar katta oʻqituvchi va 9 nafar amaliyot ustasi faoliyat yuritmoqda.

Politexnikum Qoraqalpoq davlat universitetiga biriktirilgan boʻlib, oʻquv jarayoni milliy va xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi. Taʼlim kredit-modul tizimida tashkil etilgan boʻlib, oʻquvchilar olgan natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan tan olinadi. Bu esa bitiruvchilarga keyingi bosqichda oʻqishni davom ettirish imkonini yaratadi.

Alohida taʼkidlash joizki, politexnikum ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va muassasalar bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Bu tizim oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini amalda sinovdan oʻtkazishga, ish tajribasiga ega boʻlishlariga keng yoʻl ochmoqda. Shu orqali ular mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga tayyor, raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanmoqda.

2025–2026 oʻquv yilidan boshlab politexnikumda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari doirasida 9-sinf bitiruvchilari uchun quyidagi yoʻnalishlarda taʼlim olish imkoniyati yaratildi. Xususan, avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, payvandlovchi, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari kuzatuvchisi, tikuvchi, axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari, elektrik, qishloq xoʻjalik mashinalari taʼmirchisi va traktorchi-mashinist, qurilish ishlari ishchisi, asalarichi, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, shuningdek, dual taʼlim asosida oshpazlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha esa kunduzgi shaklda maktabgacha taʼlim tarbiyachisi, buxgalteriya va kompyuter injiniringi yoʻnalishlari, sirtqi shaklda esa maktabgacha taʼlim tarbiyachisi, elektr uskunalar taʼmirchisi, fermer xoʻjaligi boshqaruvi, suv xoʻjaligi va melioratsiya, oʻrmon xoʻjaligi kabi texnik yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

Amudaryo tumani 1-sonli politexnikumi bugungi kunda zamonaviy kasb-hunar taʼlimining ilgʻor namunalaridan biriga aylangan. Oʻziga xos innovatsion yondashuvlar, ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalar, keng yoʻnalishlar va zamonaviy infratuzilma tufayli yoshlar nafaqat kasb egasi, balki oʻz hayotini toʻlaqonli qurishga qodir boʻlgan shaxs sifatida shakllanmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026