30.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.10.2026, 20:43
Jamiyat 👁 32

AMUDARYo TUMANIDA “OSOYIShTA SARHAD — BARChAMIZNIKI” ShIORI OSTIDA TARGʻIBOT-TAShVIQOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan “Osoyishta sarhad — barchamizniki” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Unda DXX Chegara qoʻshinlari masʼullari, tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Yaxshimov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldashev, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimiz davlat chegaralarining daxlsizligini taʼminlash, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, davlat chegarasi xavfsizligini taʼminlashda vakolatli organlar va jamoatchilik hamkorligining ahamiyati taʼkidlandi. Tadbir davomida “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, asosiy qoidalari, davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlar hamda fuqarolarning ishtiroki masalalari yoritildi. Jumladan, Qonunning 9-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, 28-moddasida fuqarolarning, 30-moddasida esa Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi vakolat hamda majburiyatlari belgilanganiga eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, chegara xavfsizligini taʼminlashda hushyorlik, qonunlarga rioya qilish va fuqarolik masʼuliyati muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, chegaraoldi hududlarida yashovchi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shubhali holatlarga befarq boʻlmaslik va vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Qayd etilishicha, mamlakatimizdagi qariyb 9 mingta mahallaning 552 tasi chegaraoldi hududlarida joylashgan. Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonunchilikdan xabardorligini oshirish, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Tadbirda tumandagi mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham soʻz yuritildi. Xususan, “Obod mahalla” dasturi doirasida 2026-yilda tumanda 88 kilometr ichki yoʻlga asfalt qoplamasi yotqizilgani, 31 kilometr masofada toza ichimlik suvi tarmoqlari tortilgani, shuningdek, zamonaviy sharoitlarga ega uchta umumtaʼlim maktabida qurilish-rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilgani qayd etildi. Mazkur ishlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoitlar yaratish va yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Uchrashuvda yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuygʻularini mustahkamlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, davlat chegaralarining daxlsizligini taʼminlash nafaqat tegishli idoralar, balki har bir fuqaroning ham masʼuliyatidir. Shu bois bunday targʻibot-tashviqot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash hamda fuqarolarda yurt tinchligi va xavfsizligiga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
1-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami nishonlandi ▶ 1-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami nishonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026