16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:48
Jamiyat 👁 579

Ogʻzibirlik va hashar orqali yoʻllar obod boʻlyapti

Ogʻzibirlik va hashar orqali yoʻllar obod boʻlyapti

Mamlakatimizda mahalla institutini kuchaytirish, aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish, odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning hayotdagi amaliy natijasini mahalladagi hamjihatlik, jamoatchilikning faolligi orqali yaqqol koʻrish mumkin.

Amudaryo tumanining Oʻzbekiston mahallasi aholisi uchun endilikda mahalladan katta yoʻlga chiqish avvalgidek mushkullik tugʻdirmaydi. Chunki xalqimizga xos fazilatlar – birdamlik, ogʻzibirlik va oʻzaro hamjihatlik tufayli mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilyapti.

Soʻnggi yillarda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami kengaymoqda. Joriy yilning 28-mart kuni mazkur mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan yigʻilishda 2,5 kilometr uzunlikdagi Boychechak koʻchasidagi ichki yoʻlni hashar yoʻli bilan taʼmirlash masalasi muhokama etildi. Yigʻilishda fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlar va mahallaning faol fuqarolari faol ishtirok etishdi hamda jamoaviy mehnat orqali yoʻl taʼmirini amalga oshirishga kelishildi. Bu xalq tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan muhim ishlardan biri boʻldi.

Shundan soʻng mazkur masala tuman hokimligi masʼullariga tegishli tartibda maʼlum qilindi. Talab etiladigan texnika va uskunalar jalb qilindi, ishlar tizimli ravishda yoʻlga qoʻyildi. Mahalla aholisi, fermerlar va tadbirkorlar mehnat jarayoniga jipslikda kirishib, hamjihatlikda harakat qilishdi. Bu hamkorlik soʻzda emas, balki amaldagi jamoaviy harakatning yorqin namunasi boʻldi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning kayfiyati va fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini koʻzdan kechirish maqsadida Oʻzbekiston mahallasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda mahalla faollari, ziyolilar, shu jumladan xalq ardogʻidagi shoirlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar ishtirok etishdi. Aholi bilan samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan muloqot davomida tuman hokimi xalq bilan dildan suhbatlashdi, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda hashar yoʻli bilan amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslarni yuksak baholadi.

Yurt taraqqiyotida xalqning birdamligi va mehnatsevarligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi. El ardogʻidagi shoir Ahmad Nafasov tomonidan mamlakatdagi taraqqiyot, xalqning mehnatsevarligi va hamjihatligidan ilhomlanib oʻqilgan sheʼrlar yigʻilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Ushbu xayrli ishlar tashkil etilishida tuman hokimligi masʼullari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahrom Shermonovning ham alohida hissasi boʻldi.

Xayrli ishlar yoʻl taʼmiri bilan cheklanib qolinmay, endi mazkur ichki yoʻl yoqasidan piyodalar uchun maxsus yoʻlak qurish rejalashtirilgan. Ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanishi uchun bunday yoʻlak katta ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston mahallasida amalga oshirilgan mazkur ishlar orqali xalqning tashabbuskorligi, ogʻzibirligi va mehnatsevarligi yana bir bor oʻz isbotini topdi. Birdamlik bor joyda hech qanday muammo yechimsiz qolmaydi. Bu kabi ishlar jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Birdamlik asosida amalga oshirilgan mazkur loyiha har bir fuqaro uchun oʻrnak boʻladi, degan umiddamiz. Chunki bu yerda faqatgina yoʻl taʼmirlanmadi — insonlar qalbidagi yoʻllar ham kengaydi, ishonch, mehr va hamjihatlik tuygʻulari yanada mustahkamlandi. Bu esa xalqimizning buyuk fazilatlaridan guvohlik beradigan hayotiy saboqdir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026