16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Adabiyot 👁 756

Amudaryoda V Respublika kitobxonlik haftaligi yuqori saviyada oʻtdi

Amudaryoda V Respublika kitobxonlik haftaligi yuqori saviyada oʻtdi

Mamlakatimizda maʼnaviyat, maʼrifat va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda kitobga boʻlgan qiziqishni oshirishga qaratilgan tashabbuslar tobora keng koʻlam kasb etmoqda. Ana shunday maʼnaviy targʻibotning yorqin ifodasi boʻlgan “Kitobxonlik haftaligi” joriy yilning 21–27-aprel kunlari mamlakatimiz boʻylab “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida yuqori ruhda oʻtkazildi.

Kitobxonlikni targʻib qilish, kitobga mehr uygʻotish, aholi, ayniqsa, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan mazkur haftalik davomida mamlakat boʻylab keng qamrovli madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ular orasida yangi kitoblar taqdimoti, kitob yarmarkalari, aktsiya va viktorinalar, mahorat darslari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, “Noshirdan kitobxonga” tamoyili asosidagi savdo-yarmarkalar kabi tadbirlar alohida oʻrin tutdi. Bunday tadbirlar orqali kitobxonlar zamonaviy adabiyot, nashriyot faoliyati hamda ijodkorlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Haftalik doirasida keyingi yillarda nashr etilgan kitoblar taqdimoti, taniqli va yosh adiblar bilan muloqot, nashriyot va matbaachilik sohasi vakillari ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazilib, umumiy dasturning mazmundor va manfaatli boʻlishiga xizmat qildi.

Ayni shu kunlarda Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida tumanimizning ijodkorlaridan biri, shoira Zulfiya Ollayorova bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ziyolilar, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalari hamda umumtaʼlim maktablaridan tashrif buyurgan kitobxon oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Uchrashuvda kitobning inson maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni, hayotda mustahkam tayanch sifatidagi ahamiyati xususida fikrlar bildirildi.

Shu kuni, shuningdek, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan “Sheʼrlarida Vatan tasviri” nomli kitob koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Shoir ijodi keng targʻib qilingan mazkur koʻrgazma kitobxonlarda milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini uygʻotdi.

Kitobxonlik haftaligi doirasida “Yaxshi kitoblarni bugun oʻqing” shiori ostida “Manzilimiz – maʼnaviyat bekati” deb nomlangan intellektual oʻyin oʻtkazildi. Tuman IIBning “Yuristlar”, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalaridan tuzilgan “Zukkolar” hamda yosh kitobxonlardan tashkil topgan “Kitobxonlar” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan mazkur bellashuvda ishtirokchilar kitobga oid bilim va fikrlash qobiliyatida oʻzaro kuch sinashishdi. Gʻoliblar axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, “Mahalla – oila – kutubxona”, “Maʼrifatparvar ayollar”, “Bugungi yoshlar va ijod: adabiyotga qanchalar yaqinmiz?” kabi davra suhbatlari, “Adabiy ustaxona” mahorat darslari, “Tabiat qoʻynida mutolaa – kitobterapiya” singari treninglar hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida kitob va atrof-muhit munosabatiga bagʻishlangan maʼrifiy chiqishlar ham tashkil etildi.

Kitobxonlik haftaligi doirasida faol ishtirok etgan kitobxonlar, yosh mutaxassislar, talabalar hamda tadbir tashkilotchilari axborot-kutubxona markazi maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʻalar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur haftalik bolalar va yoshlarda kitobga qiziqish uygʻotish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, kitobni hayot tarziga aylantirish, kitobxonlar safini kengaytirishda bunday tadbirlar katta ahamiyatga ega. Zero, kitob bor joyda maʼrifat bor, maʼrifat bor joyda esa taraqqiyot va inson kamoloti sari yoʻl ochiqdir.

Sh. Ollaberganova, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019