16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Salomatlik 👁 699

Salqin ichimlik va muzqaymoq isteʼmolida ehtiyot boʻling

Salqin ichimlik va muzqaymoq isteʼmolida ehtiyot boʻling

Kunlar isib boshlashi bilan aholi, xususan, yoshlar orasida salqin ichimliklar va muzqaymoqlarga boʻlgan talab ortishi kuzatiladi. Chanqoqni bosish va organizmni tetiklashtirish maqsadida bu kabi mahsulotlar keng isteʼmol qilinadi. Biroq ularni notoʻgʻri sharoitda saqlash va sotish holatlari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Ayniqsa, ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilish orqali oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish hamda yuqumli boʻlmagan boshqa kasalliklarning kelib chiqish ehtimoli yuqori. Shu bois isteʼmolchilar oʻz sogʻligʻini asrash maqsadida isteʼmolga masʼuliyat bilan yondashishi lozim.

Shu kunlarda Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan aholi gavjum joylar — bozorlar, kafeler va jamoat maskanlarida salqin ichimliklar, muzqaymoqlar hamda tez buziladigan mahsulotlardan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda. Turgʻun savdo shoxobchalarida sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olinib, boʻlim laboratoriyasida ularning kimyoviy va bakteriologik tarkibi tekshirilmoqda.

Muzqaymoqlar sut mahsulotlari toifasiga kiradigan, oziqaviy qiymati yuqori va tez buziladigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Salqin ichimliklar esa chanqoqni bosishda keng qoʻllaniladi. Ushbu mahsulotlarning xavfsiz isteʼmoli ularning belgilangan sanitariya qoidalari va davlat standartlariga muvofiq saqlanishi hamda sotilishiga bogʻliq.

Jumladan, yumshoq — frezerli muzqaymoqlar faqat turgʻun savdo nuqtalaridan sotilishi mumkin. Savdoga chiqarilayotgan har bir salqin ichimlik va muzqaymoq sifat va xavfsizlik talablariga javob beruvchi sertifikatga ega boʻlishi shart. Ular saqlanayotgan idishlar belgilangan standartlarga mos boʻlishi, maxsus sovutgich uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi va isteʼmol muddati koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishi lozim.

Sotish jarayonida mahsulot bir marta foydalaniladigan idishlarga quyilishi, bu idishlar foydalanilgandan soʻng alohida konteynerlarda yigʻilishi talab etiladi. Shu bilan birga, sotuvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtgan, maxsus kiyim-boshda boʻlishi va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishi zarur.

Afsuski, baʼzan koʻchalarda, quyosh nuri toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan ochiq joylarda, polietilen idishlarda qadoqlangan, qanday sharoitda tayyorlangani nomaʼlum boʻlgan salqin ichimliklar sotilmoqda. Bunday mahsulotlar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi va inson salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Ularni isteʼmol qilish orqali turli kasalliklar, jumladan, oʻtkir ichak infektsiyalari va ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishi mumkin.

Shuning uchun issiq kunlarda salqin ichimliklar va muzqaymoqlar isteʼmol qilishdan oldin har bir shaxs ehtiyotkor boʻlishi, ularning saqlash va sotish sharoiti, qadoqlanish holati, isteʼmol muddati hamda sotuvchilarning sanitariya talablariga amal qilishiga alohida eʼtibor qaratishi zarur.

Sogʻligʻingiz oʻz qoʻlingizda — unga beparvo boʻlmang!

D. Baltabayeva, Amudaryo tumani SEO va JSB oliy toifali shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019