16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:11
Jamiyat 👁 353

Giyohvandlik – yoshlar kelajagiga tahdid

Giyohvandlik – yoshlar kelajagiga tahdid

Bugungi kunda jamiyatimizda eng dolzarb muammolardan biri — bu giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq holatlar, xususan, voyaga yetmaganlar oʻrtasida ushbu illatga moyillikning ortib borayotganidir. Giyohvand moddalarini noqonuniy tarzda sotib olish, isteʼmol qilish va tarqatish kabi holatlar soni ortib borayotgani hamda bu jarayonda yoshlarning ishtiroki tobora kengayib borayotgani jiddiy xavotir uygʻotmoqda. Bu holat nafaqat yosh avlodning, balki butun jamiyatning kelajagiga tahdid soladi.

Giyohvandlik moddalariga moyillik yoshlar orasida tez surʼatda tarqalmoqda. Bu esa ularning sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirish bilan birga, jinoyatchilikka moyillikni ham oshirayotganini koʻrsatadi. Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka oid jinoyatlarning soni ortishi nafaqat ota-onalar, balki barcha jamiyat aʼzolarini oʻylantirishi lozim. 

Yoshlar oʻrtasida bu illatning keng tarqalishi turli xil oqibatlarga olib kelmoqda: qonunbuzarlik, oʻgʻrilik, zoʻravonlik, jamoat joylarida tartibsizlik va eng achinarlisi — yuqumli kasalliklar, xususan, OITS kabi xastaliklarning tarqalishidir. 

Afsuski, ushbu muammoga qarshi, asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlari kurashmoqda, jamoatchilikning ishtirokisiz esa bunday illatni bartaraf etish deyarli mumkin emas. Buning ustiga, ayrim hollarda voyaga yetmaganlar kattalar tomonidan giyohvand moddalarni isteʼmol qilish yoki tarqatishga jalb qilinayotgani ham kuzatilmoqda. 

Giyohvand moddalarga mutaassib boʻlgan shaxslar moddaga muhtojlik hissi bilan har qanday jinoyatga qoʻl urishi mumkin. Ular modda uchun pul topish maqsadida avvalo mayda jinoyatlar, soʻngra esa ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil boʻlib qolishadi. 

Bugungi kunda davlat tomonidan bu muammoni bartaraf etishga qaratilgan qonunlar va amaliy chora-tadbirlar qabul qilingan. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va mahallalar tomonidan sogʻlom turmush tarzi targʻib qilinmoqda. 

Shu bilan birga, giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga yoki ular bilan bogʻliq jinoyatlarga boshqa shaxslarni jalb qilish holatlariga nisbatan jinoiy javobgarlikni kuchaytirish zarur. Bu nafaqat jinoyatga qarshi kurashda samara beradi, balki kelajakdagi ehtimoliy jabrlanuvchilarni ham asraydi.

Giyohvandlik — inson hayoti va kelajagini barbod etuvchi ijtimoiy xavfli illatdir. U jamiyatning rivojiga, taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan, axloqiy va maʼnaviy tanazzulga yetaklovchi asosiy omillardan biridir. 

Yoshlar xalqning tayanchi va kelajagi ekan, ularni ushbu illatdan asrash barchamizning burchimizdir. Har bir oila, taʼlim muassasasi, davlat idoralari va keng jamoatchilik birlashib harakat qilsa, shundagina bu illatga qarshi samarali kurash olib borish mumkin boʻladi. Oʻz navbatida, har bir fuqaro ham bu jarayonda faol ishtirok etishi zarur. Chunki, bir yoshning kelajagini saqlab qolish — butun jamiyatning kelajagini muhofaza qilish demakdir.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019