16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Iqtisodiyot 👁 505

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 30 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 30 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi

Aholi bandligini taʼminlash jamiyatning osoyishtaligi va barqarorligida muhim oʻrin tutadi. Shu bois, ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash va ularning mehnat bozorida faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar doirasida yaqinda Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi binosida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi aholi uchun yangi ish imkoniyatlarini yaratishda muhim oʻrin tutadi. Amudaryo tumani hokimligi, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda tumandagi 33 ta korxona va tashkilot 175 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashdi.

Tadbirda tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi direktori Shuhrat Matirzayev, tuman IIB huzuridagi Probatsiya boʻlimi boshligʻi Ruslan Iskandarov, shuningdek, qator hamkor tashkilotlar va tijorat banklari vakillari qatnashdi.

Shu bilan birga, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topish istagida boʻlgan 62 nafar ishsiz fuqaro, probatsiya hisobidagi shaxslar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda taʼlim muassasalarining bitiruvchi yoshlari ham mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi.

Tadbirni tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Baltabayev kirish soʻzi bilan ochib, bu kabi tadbirlarning aholi bandligini taʼminlashda tutgan oʻrni, yangi ish oʻrinlari yaratish va fuqarolarni faol mehnat bozoriga jalb qilishdagi ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi direktori Shuhrat Matirzayev soʻzga chiqib, texnikumdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari va kasb-hunar oʻquv kurslari haqida batafsil axborot berdi. Kasbiy malaka oshirish orqali ishga joylashish imkoniyatlari alohida taʼkidlandi.

Yarmarkada Amir Temur ovul fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi Temur Olloberganov soʻzga chiqib, davlat tomonidan aholi bandligini taʼminlash borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va ssudalar haqida maʼlumot berdi.

Mehnat yarmarkasida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga qator amaliy yordamlar koʻrsatildi. Jumladan, boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar, ishga joylashish, kasb-hunarga oʻqish, xorijda ishlash imkoniyatlari va mehnat huquqlari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.

Yarmarka davomida 30 nafar fuqaro, jumladan, 1 nafar nogironligi boʻlgan shaxs, 2 nafar mehnat muhojiri, 3 nafar taʼlim muassasalari bitiruvchisi hamda 24 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga joylashtirildi. Shuningdek, 2 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi. Bundan tashqari, boʻlim xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga ishga joylashish, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, xorijda ishga joylashish hamda mehnat huquqlari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samaradorligini namoyon etgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019