16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:57
Jamiyat 👁 269

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar kuchaytirilmoqda

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar kuchaytirilmoqda

Yaqinda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ishchi guruhi Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tuman hokimligi majlislar zalida ishchi guruh aʼzolari, tuman prokurori, tumandagi umumtaʼlim maktablari direktorlari, ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirokida targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan ishchi guruh vakillari tomonidan yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ota-onalar hamda taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bolalar tarbiyasida maʼnaviy-axloqiy omillarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, mavjud ijobiy tajribalar bilan oʻrtoqlashildi.

Qayd etilganidek, tegishli chora-tadbirlarni tizimli va samarali tashkil etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda masʼul tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikka oid qoʻshma qaror imzolangan.

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va qarovsizlik holatlarining oldini olish, ularda huquqbuzarlik va jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning keskin kamayishiga erishilmayapti.

Ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarlikka moyilligi bor voyaga yetmaganlar bilan muntazam ish olib borish, ularni toʻgʻri hayot yoʻliga yoʻnaltirish, huquqbuzarliklarga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish kabi choralar yetarlicha amalga oshirilmayotgani kuzatilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 2024-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida voyaga yetmaganlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilgan. Jinoyat sodir etgan oʻsmirlarning aksar qismi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari boʻlib, qolganlari kasb-hunar taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar, uyushmagan yoshlar, bandligi taʼminlangan hamda boshqa hududlardan kelgan shaxslardir.

Oʻsmirlar asosan oʻgʻrilik, bezorilik, badanga shikast yetkazish, firibgarlik, transport vositalarini olib qochish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ayrim holatlarda yoshlar oʻrtasidagi tarbiyaviy nazoratning yetarli emasligi ham koʻzga tashlanmoqda.

Jinoyatlarning koʻp qismi koʻcha va mahallalarda, ayrimlari esa xonadonlar, bozor va kompyuter oʻyinxonalari, kafe, restoranlar hamda taʼlim muassasalari hududlarida sodir etilgan.

Ushbu holatlar voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash zarurligini taqozo etmoqda. Bu borada ayniqsa “oila – mahalla – maktab” tizimi doirasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va barcha tumanlardagi Ichki ishlar boʻlimlari profilaktika inspektorlari, tuman Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari hamda taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasidagi hamkorlik asosida jinoyat sodir etgan yoki huquqbuzarlikka moyilligi bor voyaga yetmaganlar doimiy roʻyxatga olinib, ular bilan individual profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, tungi vaqtlarda sodir etiladigan oʻgʻirlik va boshqa jinoyatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi xizmatlar faoliyati kuchaytirilmoqda, tezkor vaziyatga qarab tungi naryadlar yoʻnalishlari oʻzgartirilmoqda.

Ichki ishlar organlari va taʼlim muassasalari hamkorligida “Davomat”, “Oʻquvchi”, “Tigʻ” va “Tungi reyd” kabi profilaktik tadbirlar muntazam oʻtkazilmoqda. Sababsiz dars qoldiruvchi, maktab nazoratidan chetda qolgan oʻquvchilar aniqlanib, oʻqishga qaytarish, davomatni yaxshilash, maktablarga noqonuniy jism va moddalar olib kirilishining oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrilmoqda.

Yigʻilishda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirishga hissa qoʻshish nafaqat davlat va jamoat tashkilotlarining, balki har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd qilindi.

Ogʻabek Erkuliyev, tuman prokurorining katta yordamchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019