16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:23
Fan va taʼlim 👁 392

Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi saylandi

Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi saylandi

Yurtimizda joriy yilda kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylov konferentsiyalari oʻtkazilmoqda. Ushbu jarayonlar orqali mehnat jamoalari oʻz vakillarini erkin va shaffof asosda saylash, kasaba uyushmalari faoliyatini tanqidiy baholash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish imkoniga ega boʻlmoqda. 12-may kuni shunday muhim tadbirlardan biri Amudaryo tumanida ham oʻtkazildi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi faoliyatining 2020–2025-yillar davomidagi faoliyati boʻyicha hisobot-saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri, Respublika Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha masʼul tashkilotchisi, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh hisobchisi hamda kasaba uyushmalari tashkilotlarining tuman kengashi raislari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman boʻlinmasi Kengashining 2020-2025-yillar davomidagi faoliyati yuzasidan Kengash raisi Ulugʻbek Abdurahmonov hisobot berdi. Shundan soʻng taftish komissiyasining hisoboti tinglanib, tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, kasaba uyushmasi — fuqarolarning mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi hisoblanadi. Uyushma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda sohaviy ustavlar asosida amalga oshiradi.

2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunda fuqarolarning ushbu uyushmalarga erkin birlashish huquqi kafolatlangan. Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar, shuningdek, oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan 15 yoshdan katta shaxslar kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish yoki ularni tuzish huquqiga egadirlar.

Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatini qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mustaqillik, teng huquqlilik, shuningdek, ochiqlik va oshkoralik kabi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi.

Tashkilot mehnat huquqlarini himoya qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash, xavfsiz va sogʻlom mehnat muhitini shakllantirish, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishda faol ishtirok etadi. Jumladan, jamoa shartnomalari tuzish, maosh va taʼtil shartlarini belgilash, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi.

Konferentsiya doirasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan tashkilotning tuman boʻlinmasi Kengashi raisi lavozimiga ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Ulugʻbek Abdurahmonov saylandi. Shuningdek, tuman Kengashi aʼzolari, taftish komissiyasining yangi tarkibi, taftish komissiyasi raisi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi konferentsiyasiga delegatlar saylandi.

Konferentsiyadan soʻng tuman Kengashining birinchi tashkiliy plenumi boʻlib oʻtdi. Unda jamoatchilik asosida rais oʻrinbosari va ijroiya qoʻmita aʼzolari tasdiqlandi.

Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi soha xodimlarining maʼnaviy, huquqiy va ijtimoiy farovonligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadigan jamoat tashkilotidir. Oʻtkazilgan hisobot-saylov konferentsiyasi ham ana shu yuksak maqsad va vazifalarni yana bir bor eslatib, tashkilotning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026