16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:48
Jamiyat 👁 364

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Davlatimiz rahbarining maxsus qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshootini qurish boʻyicha pudratchi tashkilot “Obi hayot injiniring” bilan 12,99 mln. dollarlik shartnoma imzolangan edi. Shartnoma doirasida kuniga 40 ming kub metr suvni tozalash quvvatiga ega boʻlgan boʻlgan inshootni qurish nazarda tutilgan. Ayni kunlarda hajmi 66,5 ming kub metr boʻlgan suv tindirish havzasi, 1- va 2-koʻtarma nasos stantsiyalari, gorizontal suv tindirgichlar, xlorlash va filtrlash stantsiyalari, reagent xoʻjaligi, hajmi 3 ming kub metr boʻlgan 2 dona rezervuar va laboratoriya-dispetcherlik korpusini qurish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

19-may kuni ushbu suv tozalash inshooti qurilishi jarayonlari bilan tanishish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati masʼullari, Oʻzbekiston miqyosidagi telekanallarining Qoraqalpogʻistondagi muxbirlari, respublikada faoliyat olib borayotgan OAV vakillari hamda soha masʼullari ishtirok etdi. Tadbir doirasida jurnalist va muxbirlar qurilish davom etayotgan obʼektga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi.

Press-tur mobaynida "Qoraqalpoq suv taʼminoti" AJning boshqaruv raisi Qallibek Xalmuratov OAV vakillariga “Mangʻit suv tozalash inshooti”ning qurilishi aholining ichimlik suviga boʻlgan talabini qanoatlantirishda qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi xususida maʼlumot berib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, davlatmiz rahbarining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu boradagi ishlarda muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Press-tur yakunida Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati direktori Qallibek Xalmuratov soʻzga chiqib, suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi rejalar va isteʼmolchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Qayd etish joizki, yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini taʼminlash hamda ekologik muammolarni bartaraf etish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aholiga sifatli va xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Mamlakatimizda suv resurslarining cheklanganligi va iqlim oʻzgarishlari natijasida ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois, soʻnggi yillarda suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, yangi suv inshootlarini qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida xalqaro moliyaviy institutlar, jumladan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu esa ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor uskunalarni oʻrnatish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha fikrlar bildirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026