16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 261

Yuksak pilla xirmoni bunyod etilyapti

Yuksak pilla xirmoni bunyod etilyapti

Joriy pilla mavsumi yakuniga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu yilgi mavsumda ham amudaryolik kasanachi pillakorlar oʻz mehnatsevarligi bilan yuksak pilla xirmonini bunyod etmoqdalar. Bugungi kunda tumandagi pilla qabul qilish maskanlari samarali faoliyat olib bormoqda. Ularda qabul qilingan yuqori sifatli xomashyo uchun toʻlovlar toʻgʻridan-toʻgʻri, tarozi boshida amalga oshirilmoqda.

Pilla qabul qilish jarayonlari tuman mutasaddilarining doimiy eʼtiborida. Yaqinda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Goʻzal Saburova pilla qabul qilish punktida boʻlib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Hokim oʻrinbosari kasanachi xotin-qizlar bilan samimiy muloqot qurib, masʼuliyatli mehnatlariga yuqori baho berdi va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Pillachilik – nafaqat milliy anʼanalarimiz bilan bogʻliq qadimiy kasb, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida tobora muhim oʻrin egallab borayotgan daromadli tarmoqlardan biri sanaladi. Ayniqsa, serquyosh va iliq iqlimga ega yurtimizda tut daraxtining keng yetishtirilishi, ipak qurti uchun zarur sharoitlar yaratilgani sohani yanada rivojlantirishga keng yoʻl ochmoqda.

Maʼlumki, pilla – yetti xazinaning biri, pillachilik esa yuksak masʼuliyat, mehnatsevarlikni talab etuvchi sohadir. Ipak qurti xonadonga faqat daromad emas, balki qut-baraka ham olib kiradi. Ularni parvarishlash jarayoni juda masʼuliyatli boʻlish bilan birga xonadon aʼzolari uchun qiziqarli ish sanaladi. Pillachilikdan olinadigan kumush tola – yuqori sifatli va foydali mahsulotdir. Ipak tolasidan tayyorlangan kiyim-kechaklar inson uchun foydali hisoblanadi.

Joriy mavsumda ham amudaryolik pillakorlar gʻayrat va shijoat bilan mehnat qilmoqdalar. Ovul va mahallalarda koʻplab xonadonlar pillachilikka jalb etildi. Ayniqsa, peshqadam pillakorlar mehnati munosib ragʻbatlantirilib, tuman hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirilyapti. Bu esa aholi orasida pillachilikka boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

Eʼtiborli jihati, pillakorlar toʻlovlarni tarozi boshida olmoqdalar. Bu esa ularning mehnatga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshiryapti.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda amudaryolik kasanachi pillakorlar bilan 296 tonna hosil yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan. Shu maqsadda 2 ming 658 ta xonadonga jami 4 ming 936 quti ipak qurti tarqatib berilgan. Ipak qurtini 25–30 kun davomida parvarishlash orqali moʻmay hosil olish mumkin. Taʼkidlash joizki, hozirda yiliga 2-3-marta pilla yetishtirish imkoniyatlari kengayib, sohaning iqtisodiy samaradorligini yanada oshmoqda.

Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirish maqsadida keng koʻlamda shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi tut plantatsiyalari barpo etilmoqda, sohaga doir zamonaviy bilim va texnologiyalar joriy etilmoqda. Bu esa pillachilikning faqat yakka tartibda emas, balki mahalliy iqtisodiyot rivoji uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.

Islohotlar natijasida Amudaryo tumanida ham pillachilik yildan-yilga oʻsib, aholining yuqori daromad manbaiga aylanib bormoqda. Kasanachi pillakorlar mehnatining munosib ragʻbatlantirilishi, toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, mavjud resurslardan unumli foydalanish soha samaradorligini oshiryapti. Mahalliy aholining ushbu sohaga boʻlgan qiziqishi ortib borayotgani esa pillachilikning tumanda eng istiqbolli tarmoqlardan biriga aylanayotganidan dalolat beradi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019