16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Fan va taʼlim 👁 309

“Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari yuqori shukuhda oʻtdi

“Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari yuqori shukuhda oʻtdi

Yurtimiz boʻylab oʻquv yili yakunlanishi bilan anʼanaviy tarzda nishonlanadigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayrami bu yil barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida koʻtarinki ruhda, yuqori tashkiliy saviyada oʻtkazildi. Shu kuni maktab bitiruvchilari yuksak hayajon va bir olam orzular ogʻushida jonajon maktabi bilan xayrlashib, katta hayotga dadil qadam tashlashdi.

Amudaryo tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarda ushbu tadbir uchun munosib tayyorgarlik koʻrilib, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” kechasi bayramona ruhda tashkil etildi. 22-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida rahbarlar, nuroniy ustozlar, ota-onalar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, bitiruvchilar uchun bayramona tabriklar va samimiy tilaklar bildirdi. Tuman hokimi oʻz nutqida yoshlarga Vatan, xalq, ota-onalar va ustozlari oldidagi burchini chuqur anglab, kelajakda yetuk mutaxassis, el-yurtga munosib farzand boʻlib yetishishlariga tilakdosh ekanini taʼkidladi. Shuningdek, zamonaviy bilim olish, texnologiyalarni egallash va yurt ravnaqi yoʻlida fidokorona xizmat qilish yoshlar uchun asosiy maqsad boʻlishi lozimligini qayd etdi.

Taʼkidlash joizki, tumanimizdagi barcha maktablarda “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlar davomida joriy oʻquv yilining soʻnggi qoʻngʻirogʻi yangradi. Davlat imtihonlaridan keyin 3480 nafar oʻquvchi yoshlarimiz yetuklik shahodatnomalarini olib, katta hayot sari yoʻllanma oladilar. Joriy oʻquv yilida tuman boʻyicha bitiruvchilarning 29 nafari oltin, 7 nafari kumush medal bilan taqdirlangani yoshlarimizning bilimi va intiluvchanligi naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi.

Qayd etib oʻtish joizki, oʻtgan oʻquv yilida 22-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinfini 48 nafar oʻquvchi yoshlarimiz bitirib, shundan 38 nafari, yaʼni salkam 80 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan. Bu koʻrsatkich boʻyicha maktab tumanda 1-oʻrinni egallagan. Joriy oʻquv yilida esa 11-sinfni 71 nafar oʻquvchi bitirmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bitiruvchilarga yangi Oʻzbekistonda, zamonaviy sharoitlarda taʼlim-tarbiya olgan yosh avlod vakillari sifatida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishlari, yurt ravnaqi hamda Vatanimizning porloq kelajagi uchun munosib hissa qoʻshadigan avlod boʻlib voyaga yetishlari, hayotda oʻz oʻrnini topishlari hamda Vatan uchun munosib farzand boʻlishlariga yuksak ishonch bildirdi.

Tadbir davomida eng faol bitiruvchilarga va ularning ota-onalariga esdalik sovgʻalari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Shuningdek, ijodiy jamoamiz bilan tumanimizdagi 36-, 40- sonli umumtaʼlim maktablaridagi “Ilm – eng buyuk sharaf” shiori ostidagi oʻtkazilayotgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlariga tashrif chogʻida bitiruvchi yoshlarning, maktablar jamoalarining his-hayajoni va quvonchlariga sherik boʻldik.

Katta hayot ostonasida turib, kelajak rejalarini tuzayotgan bitiruvchilar nigohlarida jonajon maktabi, ustozlari va sinfdoshlari bilan xayrlashuv onlarining ogʻriqlari, shu bilan bir qatorda kelgusi mustaqil hayot oldidagi masʼuliyat va quvonch tuygʻulari aks etib turar edi. Yuzlaridagi samimiyat, qalblaridagi orzular, koʻksidagi hayajon, koʻzlaridagi yosh va lablaridagi tabassum bilan ramziy soʻnggi qoʻngʻiroqning unutilmas sadolari ostida maktab bilan xayrlashayotgan yoshlar ushbu kunni bir umr xotiralarida saqlab qolishi shubhasiz.

Taʼkidlash joizki, ushbu taʼlim maskanlari nafaqat tumanimiz, balki respublikamiz taʼlim sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Oʻquvchilarning turli yoʻnalishlarda erishayotgan yutuqlari bilan bir qatorda maktablar pedagogik jamoasining hamjihatligi, oʻqituvchilarning respublika koʻrik-tanlovlaridagi muvaffaqiyatlarini ham har qancha eʼtirof etsak, arziydi. Tadbirlar doirasida taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan ustozlar ragʻbatlantirilib, ularga yuksak ehtirom koʻrsatildi.

Qayd etish joizki, davlatimiz va hukumatimiz muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarda oldinga qoʻyilayotgan katta maqsadlarga erishishning eng muhim omili sifatida taʼlim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqda. Zero, kelgusi islohotlarning tashkilotchilari va ijrochilari boʻlmish kadrlar aynan umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladi, tarbiyalanadi. Shu sababli ham yurtimizda bitiruvchi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi yil sayin ortib, 2024-yilda bu koʻrsatkich 53,6 foizga yetdi. Mazkur koʻrsatkichni joriy yilda 68 foizga, 2030-yilda esa 86 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha bitiruvchi yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlariga, ilm-fan va kasb-hunar sirlarini puxta egallab, Vatanimizga xizmat qiladigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishlariga tilakdoshmiz! Ularning oʻz oldlariga yuqori maqsadlar qoʻyib, doimo bilim va koʻnikmalarini oshirib borishlari, yangi kasb-hunarlarni egallashlari va eng asosiysi, maqsadlari sari tinmay harakat qilishlarida kuch-gʻayrat va shijoat tilaymiz!

Oʻrganish, izlanish va intilishdan, ilm olishdan aslo toʻxtamang, barchangizga sihat-salomatlik, ishda va oʻqishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilaymiz, aziz bitiruvchilar!

Mustaqil hayot sari tashlayotgan dadil qadamingiz qutlugʻ boʻlsin!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026