16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Fan va taʼlim 👁 233

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024–2025 oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan hisobot kontserti hamda tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishida oʻquvchilar ijodidan tashkil etilgan koʻrgazma boʻlib oʻtdi. Tadbir yil davomida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etish, shuningdek, yosh ijodkorlar iqtidorini ota-onalar va ustozlar oldida namoyon etish imkonini berdi.

Mazkur musiqa va sanʼat maktabi tumandagi yosh avlodga musiqa va sanʼat sohalari boʻyicha bilim berish, ularni ijodiy muhitga jalb etish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Joriy oʻquv yilida maktabda jami 200 nafar oʻquvchi 11 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim oldi. Ularning 150 nafari musiqa, 50 nafari esa tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida bilimlarni oʻzlashtirdi.

Maktabda darslar tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Taʼlim jarayonlariga zamonaviy metodlar, interaktiv mashgʻulotlar va individual yondashuvlar joriy qilingan. Bundan tashqari, oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida har xil kontsertlar, koʻrgazmalar va tanlovlarda ishtirok etishlari taʼminlab kelinmoqda.

Yil davomida bolalar cholgʻu asboblarini chalish, kuylash, raqs, rassomlik, haykaltaroshlik va sahna sanʼati sirlarini oʻrganib, hisobot kontsert va koʻrgazmada oʻz bilimlarini namoyon etdilar. Tadbir maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonining amaliy natijasi sifatida ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, tadbirga kelishgan ota-onalar farzandlarining ijodiy yuksalishiga guvoh boʻlib, ularning qobiliyati va ijodiy bilimlaridan faxrlanishdi. Bunday tadbirlar orqali oila va maktab oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bu esa bolalarning yanada masʼuliyatli va shijoatli boʻlishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Musiqa va sanʼat taʼlimi bolalarning estetik didi, his-tuygʻusi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, ularning ichki dunyosini boyitadi, maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladi, zehn va qalb uygʻunligini taʼminlaydi. Maktabda fortepiano, skripka, violonchel, dutor, rubob, gʻijjak, doira kabi cholgʻu asboblari, shuningdek, vokal va xor kabi musiqa yoʻnalishlari boʻyicha darslar tashkil etilgan.

Tasviriy sanʼat yoʻnalishida esa oʻquvchilar qalam, boʻyoq va grafik chizmachilik, haykaltaroshlik hamda amaliy va grafik dizayn asoslarini oʻzlashtirdilar. Sahna sanʼati boʻyicha ham aktyorlik mahorati, drama, milliy va zamonaviy raqs turlari, balet, sahnaviy nutq kabi darslar oʻqitildi. Bu kabi imkoniyatlar bolalarning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hisobot kontsert dasturida xoreografiya, bayan-akkordeon, torli-kamonli va nafasli cholgʻu asboblari, anʼanaviy ijro va estrada yoʻnalishlarida taʼlim olgan oʻquvchilar kuy-qoʻshiq va raqslar orqali tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdilar.

Kontsert dasturida oʻzbek va qoraqalpoq xalq bastakorlari asarlari bilan bir qatorda jahon musiqa asarlari ham ustoz-shogird hamkorligida ansambl tarzida ijro etildi.

Kontsert yakunida maktab direktori Toʻliboy Xaytboyev soʻzga chiqib, farzandlarini qoʻllab-quvvatlayotgan ota-onalarga minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga, yil davomida samarali mehnat qilgan va har bir oʻquvchining ijodiy oʻsishiga hissa qoʻshgan ustozlarga chuqur tashakkur izhor etdi.

Maktab direktori tomonidan oʻquvchilarning kontsert dasturidagi chiqishlari yuksak baholandi va bu yutuqlar ularning sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi hamda ustozlarning mehnati samarasi ekani taʼkidlandi.

Tadbir davomida “Mumtoz navolar”, “Ustoz izidan”, “Milliy raqs jilosi” nomli sinf kontsertlarida hamda maktab miqyosida oʻtkazilgan boshqa ijodiy loyihalarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, respublika miqyosida tashkil etilgan “Xalq cholgʻulari va anʼanaviy cholgʻu” hamda “Estrada cholgʻu ijrochiligi” tanlovlarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar va ularning mutaxassis oʻqituvchilari “Tashakkurnoma” va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan hisobot kontserti va koʻrgazma — yosh avlodning maʼnaviy, estetik va ijodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan tadbir boʻldi. Tadbir nafaqat jamoaning oʻquv yili yakunidagi hisoboti boʻldi, balki bolalarning isteʼdodi, mehnati va muvaffaqiyatini keng jamoatchilikka namoyon etdi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026