16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Iqtisodiyot 👁 639

Amudaryo tumanida aholini koʻmir bilan taʼminlashda muhim qadam – Jumurtov temiryoʻl stantsiyasi ishga tushirildi

Amudaryo tumanida aholini koʻmir bilan taʼminlashda muhim qadam – Jumurtov temiryoʻl stantsiyasi ishga tushirildi

Aholi uchun kuz-qish mavsumlarida barqaror va sifatli issiqlik manbaiga ega boʻlish muhim masala sanaladi. Ayniqsa, qishloq joylarida yashovchi isteʼmolchilarni koʻmir bilan oʻz vaqtida va uzluksiz taʼminlash dimiy dolzarb masala. Bu borada esa infratuzilmaning oʻrni alohida.

Amudaryo tumaniga koʻmir daryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan maxsus bazadan keltirilar edi. Bu esa ayni qish mavsumida daryodan oʻtishda maʼlum qiyinchiliklarni, ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarar edi. Endilikda bu muammoga barham berilib, tumanning Jumurtov shaharchasida yangi temiryoʻl stantsiyasi va koʻmir yetkazib berish markazi ishga tushirildi.

Mazkur stantsiyaning ishga tushirilishi tumanning yoqilgʻi taʼminoti zanjirida uzluksizlikni taʼminlash, vaqt va masofani tejashda muhim rol oʻynaydi. Endilikda koʻmir temiryoʻl orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Jumurtovga yetkazib beriladi, bu esa avtomobil transportiga boʻlgan yuklamani, yoʻllardagi tirbandlik va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Yangi stantsiya ochilishi bilan aholiga koʻmirni uzoq masofalardan tashib kelish zarurati yoʻqoldi. Endi fuqarolar oʻz hududlariga yaqin manzildan, transport uchun kamroq pul sarflab sifatli koʻmir xarid qilish imkoniyatiga ega.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, amudaryolik isteʼmolchilarga koʻmir mahsuloti “Koʻmir taʼminoti” MChJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga qarashli ombordan yetkazib beriladi. 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumida byudjet tashkilotlari uchun 6 ming 153 tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan. Shundan hozirgi kunda 279 tonna koʻmir qabul qilib olingan va tarqatish ishlari boshlanmoqda. Shuningdek, aholi uchun 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumida 27 ming 706 tonna koʻmir olib kelish rejalashtirilgan.

Yangi stantsiyaning ish boshlashi mahalliy ish oʻrinlarini yaratishga ham xizmat qilmoqda. Yuk tushirish, saqlash va tarqatish jarayonlarida oʻnlab mahalliy aholi ish bilan taʼminlanmoqda. Bu esa iqtisodiy faollikni oshirib, ijtimoiy barqarorlikka hissa qoʻshmoqda.

Yangi tizim orqali yetkazib beriladigan koʻmir mahsuloti sifat jihatidan nazorat qilinadi. Taqsimot jarayonlarida shaffoflik, adolat va samaradorlik tamoyillari asosida ish olib boriladi.

Jumurtov shaharchasida koʻmir yetkazib beruvchi temiryoʻl stantsiyasining ishga tushirilishi – bu aholini barqaror issiqlik bilan taʼminlash va hududiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir. Aholining koʻplab ovoragarchilik va sarson-sargardonliklariga barham berilib, muammolari bartaraf qilinmoqda. Koʻmirni uzoq masofalardan olib kelish, narxning sunʼiy oshishi, yetkazib berishda yuzaga keladigan kechikishlar kabi muammolar aholining kundalik hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatib kelayotgan edi. Endilikda bu muammolar ortda qolmoqda.

Bugun Jumurtov shaharchasida va butun tumanimizda yashovchi aholi yillar davomida yigʻilib qolgan muammoning hal boʻlganidan mamnun. Endilikda har bir xonadon, har bir ijtimoiy muassasa kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishda ishonchli taʼminot tizimiga ega.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019