16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:19
Fan va taʼlim 👁 181

Tuproqning kelib chiqishi va xususiyatlari haqida bilasizmi?

Tuproqning kelib chiqishi va xususiyatlari haqida bilasizmi?

Yer sayyorasi taxminan 3,5 milliard yil avval paydo boʻlgan. Tuproq qanday paydo boʻlgani haqida turli fikrlar mavjud. Dekart hamda Kant Laplas gipotezalariga asoslansak, tuproq mayda zarrachalar va changlarning yigʻilishi natijasida vujudga kelgan. Yer sayyorasida tuproqlarning shakllanishi atrof-muhit va organik dunyo – yaʼni oʻsimliklar hamda hayvonot olamining paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻlangan.

Sayyoramizning geologik rivojlanish bosqichlarida iqlim bilan bir qatorda organik dunyo va tuproqlar ham oʻzgarib borgan. Agar siz turli hududlardagi tuproq namunalarini maxsus adabiyotlarda berilgan rasmlar bilan taqqoslab koʻrsangiz, turli mintaqalarda hatto bir xil tabiiy sharoitga ega joylarda turlicha tus va tarkibga ega tuproqlarni koʻrishingiz mumkin. Qizigʻi shundaki, bir xil iqlim va relefga ega joylarda ham turli koʻrinishdagi tuproqlar tarqalgan. Bunga asosiy sabab – insonlarning xoʻjalik faoliyatidir. Ilm va texnika bilan qurollangan inson juda qisqa vaqt ichida tuproqni tubdan oʻzgartirib yubora oladi.

Tuproqni turlarga ajratishda tabiiy holda hosil boʻlgan tuproq alohida, inson faoliyati natijasida oʻzgargan tuproq esa alohida koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanganidek, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish – xalqimiz hayoti, farovonligi hamda mamlakat taraqqiyoti uchun asosiy omil hisoblanadi.

Togʻ jinslarining nurashi va ona jinslarning hosil boʻlishi jarayonida tuproqda xlorli, sulfatli, karbonatli va magniyli tuzlar toʻplanadi. Ulardan suvda tez eruvchi moddalar tuproqning pastki qatlamlariga yoki pastqam joylarga yuvilib ketadi. Erimaydigan tuzlar esa tuproqda birikma holda saqlanib qoladi. Quruq iqlim sharoitida tez eruvchi tuzlar kapillyarlar orqali yer osti qatlamlaridan yer yuziga harakatlansa, koʻp yogʻinli, nam iqlim sharoitida esa pastga tomon harakat qiladi. Shuning uchun ham quruq iqlimli hududlarda shoʻr tuproqlar keng tarqalgan boʻladi.

Tuproqning tarkibi, asosan, uch qismdan iborat boʻlib, ular bir-biri bilan uzviy bogʻlangan. Birinchisi — ona jins boʻlib, har bir hududga xos boʻlgan togʻ jinslaridan iborat. Bu jinslar tuproqning asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarini belgilaydi. Ikkinchisi — organik moddalardir. Ular oʻsimlik va hayvon qoldiqlari, mikroorganizmlar, tuproqda yashovchi hasharotlar hamda chirindidan tashkil topib, tuproqning unumdorligini oshiradi va biologik faolligini taʼminlaydi. Uchinchisi — tuproq eritmasi boʻlib, oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan elementlar va moddalarning erigan holdagi shaklida yer qatlamida mavjud boʻladi. Bu eritma oʻsimliklarni ozuqa moddalari bilan taʼminlab, ularning oʻsishiga xizmat qiladi. Shu uch omil tuproqning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Oʻrta Osiyoda turli xil tuproq turlari keng tarqalgan boʻlib, ular tabiiy-iqlim sharoiti va relefga qarab farq qiladi. Xususan, choʻl tuproqlari – sur tusli qoʻngʻir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, choʻllarning qumli tuproqlari hamda oʻtloq-allyuvial tuproqlardan iborat. Shuningdek, mintaqada boʻz tuproqlar, togʻ-oʻrmon-dasht tuproqlari va baland togʻ tuproqlari ham uchraydi.

Tuproqlar turlicha fizik va kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Masalan, suv eroziyasi — oqar suvlar taʼsirida tuproqning yuvilishi va yemirilishi jarayoni hisoblanadi. Shu bilan birga, voha tuproqlari choʻl va chala choʻl hududlarda sunʼiy sugʻorish yoʻli bilan dehqonchilikka yaroqli qilib chiqilgan unumdor yerlardir.

Shamol taʼsiridagi yer yuzasida sodir boʻladigan jarayon esa deflyatsiya deb ataladi. Bu atama lotincha deflyato — oʻchirish soʻzidan olingan boʻlib, shamol eroziyasi natijasida tuproq zarrachalarining koʻchishi va yuza qatlamining yoʻqolishini anglatadi.

Tuproq hosil boʻlishidagi asosiy omillardan biri — ona jinsdir. U tuproqning asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarini belgilaydigan asosiy togʻ jinsi hisoblanadi. Taqir yer esa pastqamliklarda hosil boʻlgan, yuzasi qatqaloqlashgan, koʻpincha shoʻrlangan va oʻziga xos namlik xususiyatiga ega yerlarni anglatadi.

Umuman olganda, tuproq — unumdorlik xususiyatiga ega boʻlgan, murakkab tarkibli tabiiy hosila boʻlib, u inson hayoti va xoʻjalik faoliyati uchun beqiyos ahamiyatga ega.

Nazokat Abdullayeva, 16-sonli umumtaʼlim maktabning geografiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019