16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:56
Qishloq xoʻjaligi 👁 261

“Qumli ovul” fermer xoʻjaligida gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari avjida

“Qumli ovul” fermer xoʻjaligida gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari avjida

Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi hosildor dala maydonlarida bobodehqonlar hamda mirishkor fermerlar uchun yilning eng masʼuliyatli va mehnattalab palla — gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari boshlandi. Bu palla dehqon uchun imtihon. Yurtning oziq-ovqat xavfsizligi esa aynan shu imtihon natijasiga bogʻliq. Yil davomida sidqidildan qilingan mehnat, yaxshi niyat bilan yerga tashlangan urugʻ bugun oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Endigi vazifa — hosilni oʻz vaqtida va yoʻqotishlarsiz yigʻib olib, yuksak gʻalla xirmonini bunyod etishdir.

Tumanda mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Gʻalla oʻrim-yigʻim ishlarini samarali tashkil etish, texnikalarni ishga shay holatga keltirish, mutaxassislarni jalb qilish va xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan aniq rejalar asosida ish olib borilmoqda.

Joriy yilda tumandagi 270 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 4 ming 800 gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Ushbu yerlardan olingan hosilning 11 ming 130 tonnasini kontraktatsiya shartnomasi asosida qabul maskanlariga topshirish rejalashtirilgan. Yalpi hosilning qolgan qismi esa fermerlar va dehqonlar ixtiyorida qoladi.

Tumanning Xolimbeg ovulida faoliyat yuritayotgan “Qumli ovul” fermer xoʻjaligi raisi, koʻp yillik tajribaga ega fermer Otabek Yoʻldoshev boshchiligidagi jamoa bu yil 13 gektar maydonga bugʻdoy ekib, 40 tonna hosilni kontraktatsiya shartnomasi asosida sotishni maqsad qilgan. Barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois dalalarda moʻl hosil yetishtirildi.

Yuqori hosilga erishish uchun sidqidildan mehnat qilish, tuproq bilan tillashish, parvarish ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirish talab etiladi. Dalada hosil moʻl boʻlsa, el dasturxoni ham toʻkin boʻladi. Ana shunda dehqon oʻz maqsadiga yetadi.

Mavsum davomida ishlar aniq reja asosida tashkil etilgan. Jumladan, tumanda 23 ta maxsus otryad tuzilgan boʻlib, har biriga 3 nafardan mutaxassis biriktirilgan. Bu jamoalar tarkibida 23 nafar otryad rahbari, 23 nafar ichki ishlar boʻlimi xodimi hamda 23 nafar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili faoliyat olib bormoqda. Bunday chora-tadbirlar oʻrim samaradorligini oshirish va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Gʻalla oʻrish ishlarini sifatli va qisqa muddatda amalga oshirish maqsadida 131 ta qishloq xoʻjaligi texnikasi, jumladan, 18 ta zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni, yuk tashuvchi vositalar hamda boshqa zarur texnikalar jalb etilgan. Har bir texnika toʻliq profilaktikadan oʻtkazilgan, xizmatga shay holatda. Dala ishlari muntazam nazorat qilinayotgani esa ish samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Dehqon uchun eng ulugʻ mukofot — xirmonlar toʻlib, el dasturxonida toʻkinlik hukm surishi. Mirishkorlar mehnati samarasida omborlar donga toʻlmoqda.

Tumandagi fermerlar bu yil ham halol mehnat samarasini yaqin kunlarda namoyon etadi. Agar hosil toʻliq va sifatli yigʻib olinsa, omborlar don bilan toʻladi, xalq dasturxonida toʻkinlik boʻladi. Dehqonning xirmoni toʻlsa — yurtda baraka boʻladi.

Bu — faqat dehqonning yutugʻi emas, balki butun xalq dasturxonidagi toʻkinlik, farovonlik timsolidir. Chunki har bir boshoq don ortida halol mehnat, yurt farovonligini taʼminlash masʼuliyati turadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026