16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Adabiyot 👁 569

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI OʻQUVChILARI TANIQLI ShOIR VA YoZUVChILAR BILAN UChRAShDILAR

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI OʻQUVChILARI TANIQLI ShOIR VA YoZUVChILAR BILAN UChRAShDILAR

Bir sheʼriyat davrasida Alloh rahmat qilsin, hurmatli ustozim, taniqli adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov: “... Sheʼr – ijtimoiy hodisa, uning har bir satri yurakda tugʻilib, yurakda ulgʻayadi va sheʼriyatga oshno millionlab qalblarni tarbiyalaydi, insonlar hayotiga joʻshqinlik olib kiradi”, – degan edilar. Haqiqatdan ham, sheʼr oʻqilgan davralarda ruhiy koʻtarinkilik, tinglovchilar qalblarida joʻshqinlik, koʻzlarida mehr, hayotga tashnalik hissi ustuvor boʻladi.

Shundanmi, taniqli ijodkor, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon opa Rajabova ham ijodkor-shoira, ham muassasa rahbari sifatida maktabning barcha yoʻnalishlardagi toʻgaraklarida shugʻullanayotgan oʻquvchi-yoshlarning mamlakatimizdagi taniqli ijod ahli bilan uchrashuvlari, davra suhbatlari, biri-biridan joʻshqin sheʼriyat kechalarini tashkillashtirishni xush koʻradi.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Zulfiya Moʻminov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, joʻshqin publitsist va shoira Muhtarama Ulugʻovalar maktab oʻquvchilari bilan chinakam samimiy va faxriy doʻstlar kabi qadrdonlashib ketishganidan ayonki, ijodkorlar bilan uchrashuvlar nafaqat oʻquvchi-yoshlar, balki pedagogika jamoasi uchun ham haqiqiy maʼnaviyat va maʼrifat maktabidir.

Yoz faslining ilk kunlaridanoq muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida boshlanib ketgan maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlar “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilari uchun biri-biridan qiziqarli, yorqin taassurotlarga boy tarzda, joʻshqinlik bilan davom etmoqda.

Maktab oʻquvchilarining qoʻl mehnatlari mahsuli boʻlgan rang-barang gullar, robototexnika toʻgaragi aʼzolarining qiziqishlari va iqtidorlarini oʻzida mujassam etgan ixtirochilik namunalari, biri-biridan yoqimtoy yumshoq oʻyinchoqlar toʻplami, haykaltaroshlik va dizaynerlik namunalari bilan bezatilgan maktab foyesidanoq muassasa tahsilini olayotgan bolalar orasida haqiqiy ijodga moyil barkamol avlod voyaga yetayotganini anglash qiyin emas.

Ijodiy guruhimiz bilan 12-iyun kuni maktabda tashkil etilgan “Biz sheʼriyatga oshnomiz” mavzusidagi uchrashuv jarayonida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining yozgi taʼtil kunlari “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklarida yanada maroqli oʻtayotganining guvohi boʻldik.

Shu kuni maktab oʻquvchilari bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir va yozuvchi Tursunboy ota Abdullayev hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldoshevalar dildan, samimiy muloqotda boʻldilar.

Uchrashuvni muassasa rahbari Xonimjon Rajabova ham sheʼriy, ham nasriy nutqi bilan juda goʻzal va yoqimli tarzda olib bordi. U oʻquvchi yoshlarga ilmning xosiyati, kasbga mehr tufayli inson oʻz umri davomida erishadigan yutuqlari haqida oʻz hayot yoʻlidan misollar keltirish orqali ilm va hunar insonni har tomonlama yuksaltiruvchi omil ekanligini alohida taʼkidladi.

Shundan soʻng Tursunboy Abdullayev va Robiya Yoʻldoshevalar oʻquvchi-yoshlarga oʻzlarining ona Vatanni madh etuvchi yangi sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Ustoz-shogird anʼanasi, oʻzaro mehr-oqibat, insonparvarlik, kitobxonlik odamning eng goʻzal fazilati ekanligi xususida soʻz yuritishib, bolalarni ana shunday ezgu fazilatlar sohibi boʻlishga daʼvat etdilar.

“Biz sheʼriyatga oshnomiz” uchrashuv tadbiri davomida muassasaning “Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzolari oʻzlari yozgan sheʼrlaridan namunalar oʻqib berishdi. “Shoʻx bolalar” badiiy havaskorlik jamoasi aʼzolarining chiqishlari esa har bir ishtirokchi uchun quvnoq va joʻshqin kayfiyat bagʻishladi. Samimiy va dildan suhbat, sheʼr-u shuur, vatanparvarlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirga ajib joʻshqinlik, qalblarga quvonch bagʻishladi.

Yozgi taʼtil davrining har bir kunini biri biridan qiziqarli toʻgaraklar mashgʻulotlarida ishtirok etish orqali ajib ijodkorlik muhitida iqtidor va qobiliyatlarini amalda namoyon etib, oʻz hayotlariga maʼno-mazmun bagʻishlab, sheʼriyatga, maʼnaviyatga oshno holda oʻtkazayotgan bolalarga, toʻgʻrisi, chin dildan havas qildik.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019