16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:05
Jamiyat 👁 204

Amudaryo tumanida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda

Amudaryo tumanida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda

Amudaryo tumanida soʻnggi yillarda aholining turmush sifatini oshirish, hududlarni obod qilish, infratuzilmalarni yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ichki yoʻllarning holatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar eʼtiborga loyiqdir. Tumanda keng koʻlamda ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmani yotqizish, yoʻl chetlarini tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda bu boradagi ishlar davom etmoqda. Navbatdagi bosqichda tumanning Bogʻ, Daryo boʻyi, Choykoʻl va Xizr eli ovul hamda mahallalaridagi ichki koʻchalarga qum-shagʻal aralashmasi toʻshash ishlari boshlab yuborildi. Bu tashabbus respublika miqyosidagi rahbarlar ishtirokida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligida, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil etildi. Tashrif davomida mutasaddilar bevosita joylarga chiqqan holda, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, kamchiliklar va imkoniyatlarni joyida koʻzdan kechirdilar. Ularning joylarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqot qilgani, mavjud muammolarni oʻrganib, joyida hal etishga qaratilgan harakati aholi tomonidan iliq qarshi olindi.

Taʼkidlash kerakki, ichki yoʻllarning holati har bir mahallaning qiyofasi, har bir fuqaroning kundalik hayotiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Aynan shu jihat inobatga olinib, tumanning eng ogʻriqli nuqtalaridan biri boʻlgan ichki yoʻllarni taʼmirlash masalasi rahbarlar tomonidan ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu ishlarga mutaxassislar va zarur texnikalar safarbar qilinib, talab qilinadigan qurilish materiallari oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda va qisqa muddat ichida bir nechta hududdagi yoʻllarga qum-shagʻal aralashmalari yotqizildi.

Bir kunning oʻzida oʻrtacha toʻrt mahalla hududidagi umumiy uzunligi 2 kilometrdan ortiq boʻlgan ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizilmoqda. Qolaversa, yoʻl yuzalari tekislanib, aholining harakatlanishiga qulaylik yaratilmoqda. Shuningdek, aholi ham ushbu xayrli ishga oʻz hissasini qoʻshib, yoʻl chetlarini obodonlashtirish, yoʻl atrofini chiqindilardan tozalash, daraxtlar ostini yumshatish, oqova suvlarning toʻgʻri oqishini taʼminlash uchun ariqlarni tozalash kabi ishlarda faol ishtirok qilishmoqda. Zero, yoʻllarning obod boʻlishi ijtimoiy kayfiyatni koʻtarib, transport vositalarining harakatini osonlashtiradi va odamlarning davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi.

Uzoq yillardan beri taʼmir koʻrmagan, qishda loy, yozda chang-toʻzon boʻlib qoladigan yoʻllar endilikda aholi va transport vositalarining emin-erkin harakatlanishga imkon bermoqda. Bu esa tumanning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi oshishiga ham xizmat qiladi.

Tumanimizda keng koʻlamda amalga oshirilayotgan ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari islohotlar amalda qanday natija berayotganining yorqin misolidir. Bu muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasidir. Endilikda bu ravon yoʻllar nafaqat manzillarni, balki koʻngillarni bir-biriga bogʻlab, xalqning orzu-umidlari roʻyobi, kelajakka ishonchi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019