16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 175

MATBUOT VA OAV – XALQNI YuKSAK MARRALAR SARI RUHLANTIRUVChI KUCh

MATBUOT VA OAV – XALQNI  YuKSAK MARRALAR SARI  RUHLANTIRUVChI KUCh

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Zamon va makonda, vaqt silsilasida axborotga boʻlgan tashnalikni qondirishga boʻlgan intilishlari tufayli insoniyat yangi-yangi ixtirolarni kashf etdi. Yozuv ixtiro qilingach, axborotni saqlash va uzatishda inqilob roʻy berdi. Toshlar, papiruslar, pergamentlar va keyinchalik qogʻozga yozil­gan xatlar, farmonlar, yil­nomalar axborot tarqatishning dastlabki yozma shakllari edi. XV asr oʻrtalarida bosma dastgohining ixtiro qilinishi OAV rivojlanishida burilish yasadi. XVII asr boshlariga kelib Yevropa shaharlarida ilk gazetalar paydo boʻldi. XX asr boshlarida radioning, asr oʻrtalarida televideniye­ning ommalashuvi axborot tarqatishda inqilob yasadi. XXI asr boshlarida internetning ommalashuvi va keng tarqalishi esa OAV faoliyatini butunlay oʻzgartirib yubordi. Onlayn nashrlar, yangiliklar portallari va bloglar paydo boʻldi.

Mamlakatimizda milliy jurnalistikaning uygʻonish davri XIX asr oxiri – XX asr boshlariga borib taqaladi. 1906-yilda "Taraqqiy" gazetasining paydo boʻlishi bilan boshlangan va koʻp yillik tarixga ega oʻzbek matbuoti necha yillar davomida xalq manfaati va kelajagini koʻzlab amalga oshirilayotgan jamiki ezgu ishlarning targʻibotchisi sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Tumanimiz matbuoti ham oʻzining shonli tarixiga ega. Bundan roppa-rosa 91-yil muqaddam, 1934-yilning sentyabr oyida ilk soni nashrdan chiqqan, davr va zamon taqozosiga koʻra, turli yillarda turli nom bilan chop etilib, xalq qalbidan munosib joy olgan, ayni paytda “Taraqqiyot koʻzgusi” nomi bilan amudaryoliklar hayotining solnomasiga aylangan gazeta xalqni yuksak taraqqiyot sari ilhomlantiruvchi beminnat targʻibotchi vazifasini sharaf bilan ado etib kelmoqda.

Har davrning oʻz sinovlari, qiyinchiliklari boʻladi. Taʼbir joiz boʻlsa, XX asrning oxiri va yangi asrimizning ilk yillari oʻzbek jurnalistikasi tarixida bozor munosabatlariga oʻtish davrining murakkabliklari bilan chuqur iz qoldirdi. Sobiq sovet tuzumining parchalanib ketishi ortidan kelgan iqtisodiy inqiroz tuman gazetalari tahririyatlari uchun qiyin vaziyatlarni yuzaga keltirdi.

Shunday boʻlsa-da, iqtisodiyotdagi taqchillik, aholi daromadlarining keskin pasayib ketishi bilan bogʻliq muammolar girdobida qolgan xalq, toʻgʻrisi, oʻzlarining eng sevimli va ommaviy nashri – tuman gazetasini unutib qoʻymadi. Xalqning qoʻllab-quvvatlashi, ijodiy jamoaning hamjihatligi bois, gazeta nafaqat oʻz davriyligini saqlab qoldi, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagina emas, mamlakatimiz miqyosida eng namunali, oʻqishli va xalqqa yaqin davriy nashrlardan biriga aylandi.

Bugun nafaqat tuman gazetasi, balki 2010-yilda ish boshlagan Amudaryo televideniyesi, 2012-yilda Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib internet tarmogʻida mustaqil OAV sifatida roʻy­xatdan oʻtgan amunews.uz veb sayti ham oʻzining minglab muxlislari va kuzatuvchilariga ega. Shunisi quvonchliki, mazkur OAVlari bugungi kunda milliy axborot maydonida tobora mustahkam oʻrin egallab, zamon talablari darajasida tobora yangilanib bormoqda. Tahririyat ijodkorlari va faxriylari tashabbusi bilan tashkil qilingan “Jayxun ilhomlari” NNT esa yosh ijodkorlarni kashf qilib, ularni qoʻllab-quvvatlab, yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda.

Samarali va izchil chora-tadbirlar tufayli “ATV” telekanalining efir vaqti va qamrov hududi kengayib, biri-biridan mazmundor koʻrsatuvlari bilan nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki qoʻshni Xorazm viloyati va qardosh Turkmaniston Respublikasining koʻplab tumanlaridagi xonadonlarga kirib bordi. Jurnalistika sohasiga katta qiziqish bilan kirib kelayotgan yosh ijodkorlar tomonidan tayyorlanib, efirga uzatilayotgan turli mavzulardagi ommabop teledasturlar, mualliflik koʻrsatuvlarining tomoshabinlari, telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari kun sayin ortib bormoqda.

Amudaryo tuman matbuotiga ilk tamal toshi qoʻyilgan kunga yaqinda 91-yil toʻladi. 91-yil – tarix uchun bir kiprik qoqgulik davr. Lekin bu yillarning mashaqqatli, zalvorli yukini yelkalab, xalqqa maʼrifat va maʼnaviyat ulashishdek sharafli vazifani ado etgan, jurnalistik faoliyatni oʻzlarining taqdiri sifatida qabul qilib, ijod maydonida dadil qalam tebratgan ustoz­lar nazari bilan tahlil qilinsa, 91-yil – chinakam jasorat va matonat yillari sifatida tarixga muhrlanganini anglash qiyin emas.

91 yillik fidoyi ijod mashaqqatlari ortida tunni tongga ulab, xalqqa maʼnaviyat va maʼrifat ulashgan ustoz­lar, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun oʻzlarini masʼul deb bilgan, milliy-maʼnaviy qadriyatlar targʻiboti, oʻzlikni anglash sari qoʻyilgan qadamlarga qanot boʻlgan ijodkorlar har lahza qadlarini tik tutib kelaveradi. Ular bugungi baxtiyor kunlarimizning ijodkorlari, ilhomchilari, elim, yurtim, xalqim, degan millat fidoyilari!

Har gal 27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni, milliy matbuotimiz tashkil topgan sana munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan mehnatlari alohida eʼtirof etilib, yuksak hurmat va eʼtibor koʻrsatiladigan ijod ahli uchun bu qutlugʻ kun misoli igna bilan quduq qazigan kabi sermashaqqat mehnatlarining qadri hamisha baland boʻlishini eslatib turuvchi ayyomdir.

Ana shu qutlugʻ sana munosabati bilan mamlakatimizda, shu barobarida Amudaryo tumanida yashab, ijod etayotgan qalam ahlini, oʻz hayotlarini milliy jurnalistika sohasini rivojlantirish, xalqimizni yangi marralar sari ruhlantirib, hayotsevarlikka daʼvat etishdek sharafli va mashaqqatli vazifani ado etishga bagʻishlagan ustoz jurnalistlar va yosh ijodkorlarni anʼanaviy kasb bayramlari – Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Ijod qilishdan, xalq dardi, quvonch va tashvishlariga mardonalik bilan yelka tutib yashashdan aslo charchamang, deymiz.

TAHRIRIYaT

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019