16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:22
Jamiyat 👁 241

Nukus shahrida “Toza hudud” aktsiyasi oʻtkazildi

Nukus shahrida “Toza hudud” aktsiyasi oʻtkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining atrof-muhitga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish va tabiat holatini yanada yaxshilash maqsadida keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi aynan shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha doirasida “Yangi Oʻzbekiston – yangi ekomakon” shiori asosida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari izchil yoʻlga qoʻyilgan.

Bunday tashabbuslar orqali jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga eʼtibor va ehtiromni qaror toptirishga erishilmoqda. Yurtimiz boʻylab minglab faollar, turli tashkilotlar va yoshlar ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, xayrli ishlarga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Shu maqsadda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi tashabbusi bilan Nukus shahrida “Toza hudud” aktsiyasi tashkil etildi. Tadbir Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Ekologiya partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi hamkorligida oʻtkazildi.

Aktsiya doirasida “Doʻstlik” kanali boʻyidagi dam olish hududlari, maydonlar va unga tutash koʻchalar chiqindilar hamda begona oʻtlardan tozalandi. Ekin maydonlari koʻchat ekishga tayyorlandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Shuningdek, chiqindilar maxsus texnikalar yordamida belgilangan joylarga tashib chiqarildi. Bu ishlar shahar infratuzilmasi va tabiiy muhit oʻrtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi, oʻrtacha yillik haroratning oshib borishi, mavsumiy qurgʻoqchilik kuchayishi kuzatilmoqda. Bu esa Orol dengizining qurishi mintaqadagi iqlimga salbiy taʼsir koʻrsatayotganidan dalolatdir. Orol falokati natijasida yoz faslidagi issiq va qurgʻoqchilik kuchayadi, qish fasli esa yanada sovuq va qahraton boʻlib, iqlimning kontinental xususiyati yanada chuqurlashdi.

Mazkur salbiy taʼsirlarni yumshatish maqsadida davlatimiz tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Orol dengizining qurigan tubida qoʻshimcha 500 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etish, 2026-yilgacha ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga – hududning 78 foiziga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, Orolboʻyida “Yashil iqlim” va Global ekologik jamgʻarmalar koʻmagida bioxilma-xillik, iqlim oʻzgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ekologik targʻibot va amaliyotni uygʻunlashtirgan mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahalliy yoshlar faol ishtirok etdi. Ekofaollar atrof-muhitni tozalash va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, barchaga ibrat boʻldi.

“Toza hudud” aktsiyasi nafaqat shahar koʻchalari va dam olish maskanlarini obodonlashtirish, balki aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday tadbirlar insonlarda tabiatga nisbatan masʼuliyat hissini kuchaytirib, yashash muhitini yaxshilashga boʻlgan intilishni orttirmoqda.

Shahar va qishloq hududlarini obod qilish, yashil hududlar sonini koʻpaytirish orqali nafaqat tabiat muhofaza qilinadi, balki inson salomatligi va jamiyatning umumiy hayot sifati ham sezilarli darajada yaxshilanadi.

Yurtimiz boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Toza hudud” aktsiyasi kabi tashabbuslar mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash, sogʻlom muhit yaratish va aholining tabiatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir. Bunday tashabbuslar keng jamoatchilikni birlashtirib, har bir insonni tabiat muhofazasida shaxsan ishtirok etishga undayotgani bilan ahamiyatlidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026