16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Fan va taʼlim 👁 286

31-sonli DMTTda “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” nomli tadbir oʻtkazildi

31-sonli DMTTda “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” nomli tadbir oʻtkazildi

Yosh avlod tarbiyasi – jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori sanaladi. Bolalarning ilk qadamlari, taʼlimga boʻlgan muhabbati va kelajakka ishonchi maktabgacha taʼlim muassasalarida shakllanadi. Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuli hududida joylashgan 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Yaqinda ushbu muassasada bolajonlarni maktabga kuzatish munosabati bilan “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Joriy yilda mazkur muassasaning 38 nafar tarbiyalanuvchisi maktab ostonasiga qadam qoʻyish arafasida turibdi. Ularning koʻzlaridagi samimiy hayajon, yangi taʼlim maskani sari intilish bayramona tadbirda yaqqol aks etdi. Tadbir doirasida bolajonlar Toʻlqin ovulidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabi hamda ustozlari bilan tanishtirildi.

Tadbirning adabiy-badiiy qismi ovuldagi aholi dam olish maskanlaridan birida davom ettirildi. Unda muassasa direktori Hurriyat Toʻqliboyeva, tarbiyachilar, bolajonlar hamda ularning onalari va buvilari faol ishtirok etdi. Tadbir Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Shundan soʻng koʻp yillik tajribaga ega ustoz-tarbiyachi Tursunoy Rametova soʻzga chiqib, barcha tarbiyalanuvchilarga kelgusi maktab hayotida muvaffaqiyatlarga tilakdoshlik bildirdi. Shuningdek, bolalarni maktabda ham ana shunday bilimga chanqoqlik bilan oʻqishga chorladi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, bogʻchalarda bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Taʼkidlanganidek, bogʻchada yaxshi tarbiya olgan bola maktab taʼlimini oʻzlashtirishda ziyrakligi va faolligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, bugungi kunda 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 36 nafar ishchi va xodim faoliyat yuritmoqda. Ulardan 15 nafari tarbiyachi-pedagoglar boʻlib, 13 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Shuningdek, muassasada uch nafar 1-toifali va ikki nafar 2-toifali tarbiyachi faoliyat olib bormoqda. Yordamchi tarbiyachilar esa muntazam kasbiy oʻquvlarda qatnashib, bolalar qalbidan munosib oʻrin egallashgan. Hozirda muassasada 5 ta guruhda jami 150 nafar bola taʼlim-talim-tarbiya olmoqda.

Bolajonlarning ijodiy chiqishlari tadbirning hayajonli qismiga aylandi. Ular ona Vatan, maktab, bogʻcha va bolalik haqidagi sheʼrlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida ifodali tarzda yoddan oʻqishdi. Shoʻx qoʻshiqlar sadosi ostida raqslar ijro etib, ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, bolalarning onalari va buvilari ham soʻzga chiqib, tarbiyachilar mehnatini yuksak baholadilar hamda samimiy minnatdorlik izhor etdilar. Ota-onalar farzandlarining kelgusi taʼlim bosqichlarida ham fidoiy ustozlar qoʻl ostida yaxshi natijalarga erishishiga tilakdoshlik bildirdilar.

Tadbir nafaqat kichkintoylar, balki ularning ota-onalari uchun ham unutilmas xotira sifatida yodda qoldi.

Ravila Choʻtboyeva, 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026