16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Fan va taʼlim 👁 206

Joriy yil 49-sonli DMTTni 38 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi

Joriy yil 49-sonli DMTTni 38 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, bogʻchalarga bolalarni toʻliq qamrab olish uchun zarur sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki har qanday jamiyatning kelajagi bolalarga beriladigan taʼlim va tarbiyaga bevosita bogʻliq. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan davlat dasturlari va amalga oshirilayotgan islohotlar aynan shu ezgu maqsadga yoʻnaltirilgan.

Qishloq va chekka hududlarda ham maktabgacha taʼlim maskanlarini zamon talablari darajasida jihozlash, bolalarni qamrab olish koʻlamini kengaytirish, pedagoglarning mehnatiga munosib sharoit yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Bu boradagi saʼy-harakatlar samarasini Amudaryo tumanining Qangli ovulida joylashgan 49-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti misolida yaqqol koʻrish mumkin.

1978-yilda qurilgan mazkur muassasa binosi “Obod mahalla” dasturi doirasida tubdan taʼmirlanib, 2025-yilda qayta foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda tashkilot binosi mutlaqo yangi qiyofa kasb etgan: har bir guruh xonasi shinam va yorugʻ, zamonaviy talablarga toʻliq javob beradi. Bolajonlarning yosh xususiyatlariga mos oʻyin va oʻquv qurollari, axborot texnologiyalari va multimedia vositalari bilan jihozlangan xonalar ularning jismoniy hamda aqliy rivojiga xizmat qilmoqda.

Hozirda asosiy binoda 120 nafar bola taʼlim-tarbiya bilan qamrab olingan. Shuningdek, hududdagi 67-sonli maktab qoshida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda yana 20 nafar bola tarbiyalanmoqda. Muassasada 29 nafar xodim mehnat qilmoqda, ularning 17 nafari malakali tarbiyachi-pedagoglardir. Dars jarayonlarida bolalarning fikrlash qobiliyati, ijodiy salohiyati, nutqi va axloqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birga, musiqa, sport, rassomlik, sheʼrxonlik kabi toʻgaraklar bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.

Yaqinda bolajonlarni maktabga kuzatish munosabati bilan “Xayr, bogʻcham – salom, maktab!” nomli adabiy-badiiy va musiqiy chiqishlarga boy bayram tadbiri tashkil etildi. Joriy yil mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotini 38 nafar tarbiyalanuvchi tamomladi.

Tadbirda tashkilot direktori Zina Ismoilova, bolalar, ularning onalari va buvijonlari ishtirok etdi. Dastlab Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Shundan keyin maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Zina Ismoilova tadbirni ochdi va barcha bolajonlarning kelgusi maktab taʼlimida aʼlo baholarga oʻqishlariga tilakdosh boʻldi.

Tadbir davomida bolalar tomonidan ona Vatan, maktab va bolalik mavzularidagi sheʼrlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida ifodali tarzda yoddan oʻqildi. Chiqishlarda bolalarning bogʻchada olgan taʼlim-tarbiyasi, tarbiyachilar mehnati oʻz ifodasini topdi. Xorijiy tillarda oʻqilgan sheʼrlar va ijro etilgan raqslarda bolalarning koʻp qirrali isteʼdodlari aks etdi.

Milliy va zamonaviy raqslar, shoʻx qoʻshiqlar sadosi ostidagi chiqishlar har bir tomoshabinning qalbida iliq tuygʻular uygʻotdi. Ayniqsa, bolalarning onalari ishtirokidagi oʻyinlar tadbirga yanada yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida bolajonlar soʻzga chiqib, tarbiyachilari hamda ota-onalariga sheʼrlar orqali samimiy minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, chuqur hurmat ifodasi sifatida bolajonlarning onalariga guldasta topshirish jarayoni hayajonli lahzalarga boy boʻldi.

Taʼlimning ilk bosqichi — maktabgacha taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor yosh avlodni barkamol, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi. Kichkintoylar uchun yaratilayotgan qulayliklar, ularning baxti va kamoliga yoʻnaltirilayotgan mehr — bu milliy taraqqiyotning poydevori hisoblanadi. Taʼlimga qaratilgan bugungi investitsiya — ertangi salohiyatli va barkamol jamiyatning kafolatidir.

Zina Ismoilova, 49-sonli DMTT direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019