16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 261

YeRGA MEHR BERIB, BARAKA TOPAYoTGANLAR

YeRGA MEHR BERIB, BARAKA TOPAYoTGANLAR

Yoz — azaldan dehqonning sabr-qanoati va matonatini sinovdan oʻtkazadi. Jazirama issiqni ham pisand qilmay birin-ketin, izchillik asosida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni sifatli oʻtkazishni niyat qilgan dehqon ahli uchun bu faslning har bir daqiqasi hisobda. Ayniqsa, chilla kirgach, bajariladigan agrotexnik amallar oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilmasa, koʻzlangan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun ham tajribali, omilkor dehqonlar, harorat juda yuqori boʻlgan kezlarda  ham dala yumushlarini aslo ortga surib , "kunning tafti biroz pasaysin", qabilida ish tutishmaydi. Buni biz ijodiy guruhimiz bilan  Amudaryo tumanining Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi  "Rajapov Omonboy" fermer xoʻjaligi ishchilari faoliyati bilan tanishish asnosida yaqqol his etdik.

Oʻtgan 2024 qishloq xoʻjalik yilini barcha yoʻnalishlar boʻyicha   muvaffaqiyatli yakunlagan fermer xoʻjaligi aʼzolarining joriy yilgi rejalari ham baland. Omonboy Rajabov rahbarligidagi mazkur fermer xoʻjaligi yerlari 26 nafar ijarachi-dehqonga boʻlib berilgan. Erta bahorda 40 gektar maydonga "Sulton" navli tez pishar chigit  ekilgan  dalalar ayni paytda hosilga kirgan. Xoʻjalik ijarachi-dehqonlarining oʻzaro ahilliklari, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamjihatlik bilan ish yuritishlari natijasida gʻoʻza nihollari baravj rivojlanmoqda. Yoz mavsumining harorat eng yuqori boʻlgan kunlari xoʻjalik ishchilari dala ishlarini ertalabki va kechki salqin paytlarida amalga oshirishgani gʻoʻzaga chilla suvini tarashda muhim ahamiyat kasb etdi. Joʻyaklarda suvning uzoq vaqt turib qolishining oldi olinib, yuqori harorat taʼsirida hosil nishonalarining nobud boʻlishiga yoʻl qoʻyilmadi. Ayni kunlarda esa begona oʻtlardan tozalanib, chilla suviga qondirib sugʻorilgan va tobiga kelgan  dalalarda gʻoʻza qator oralariga   ishlov berish, chilpish ishlari  amalga oshirilmoqda.

Sogʻlom va durkun rivojlanayotgan  gʻoʻzalarning hosil tuganaklari koʻzlarni quvontiradi. Birinchi suvdan keyingi shudgorlash ishlarining sifatli olib borilishini taʼminlash maqsadida mavjud texnika vositalarini taʼmirlash, mavsumiy ishlarga shaylashga alohida eʼtibor qaratilgani bois, bu borada muammo yoʻq hisobi. Fermer xoʻjaligi ixtiyoridagi 2 ta  MTZ—80-11 rusumli va "Orion"  traktorlari  dehqonlar uchun hamisha qoʻl-qanot.

Fermer xoʻjaligida paxtadan tashqari 10 gektar maydonda  bugʻdoy ham yetishtiriladi. Xoʻjalik gʻallakorlari joriy dehqonchilik yilida gʻalladan yuqori hosil oldilar. 62  tonnadan ziyod   aʼlo navli qirmizi don yigʻishtirib olinib,  2025-yilgi kontraktatsiya shartnomasi  rejasiga muvofiq  davlatga 31 tonna  hosil yetkazib berildi.  Yetishtirilgan hosilning 31 tonnadan ziyodi fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgani bois, ijarachi-dehqonlar va ishchilarning manfaatdorligi ham oshdi. Jami 12 tonna bugʻdoy xoʻjalik ishchilariga taqsimlab berildi.  Xoʻjalikda paxta va gʻalladan tashqari,   moyli ekinlar ekishga   ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Ayni paytda 3,5 gektar maydondagi kunjut ham moʻl hosildan darak berib    turibdi. Bundan tashqari, 2 gektar maydondagi tarvuz va 1,5 gektar yerdagi   qovun paykallari  hosil  nishonalaridan fermer xoʻjaligi rahbari  Omonboy  Rajabovning ham, ijarachi-dehqonlarning ham  koʻngillari toʻq.    Ishni  "Daladan—dasturxonga" tamoyili asosida  tashkil qilgan xoʻjalik dehqonlari tomonidan yetishtirilgan poliz mahsulotlar har doimgiday bu yil ham xaridorgir. Ayni paytda tarvuz va qovun paykallarida pishib-yetilgan hosilni ichki bozorga yoʻnaltirish orqali xalqimiz dasturxonining toʻkinligiga hissa qoʻshish maqsadida hosil yigʻish ishlari olib borilmoqda.

Yerga mehr bergan inson aslo kam boʻlmaydi, balki baraka topadi. Fidoyi mehnatlari tufayli oʻzininggina emas, xalqning ham hayotiga fayz bagʻishlaydi. Xizr eli mahallasining har bir kuniga, el-yurtga  qut-baraka  baxsh etish maqsadida  mehnat qilayotgan Omonboy Rajabov rahbarligidagi  fermer xoʻjaligi dalalarini oralab, ortga, shaharga qaytarkanmiz, xoʻjalik dalalarida barq urib turgan fayz-u tarovatdan koʻngillarimiz  yanada  yuksaldi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                  

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019